Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 186 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA RESPUBLIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARI REKTORLARI ISHTIROKIDA “YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH – BOSH MAQSADIMIZ” MAVZUSIDA O’QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-16 13:13:19    2308

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetining yangi binosida Respublika oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirokida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bosh maqsadimiz” mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Mazkur seminarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, respublika oliy ta'lim muassasalari rektorlari, faxriy ustozlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda barcha hududlarda bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlari, har bir sohada keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligini, bu islohotlarga ta'limni rivojlantirish orqali erishish mumkinligini alohida qayd etdi. Ilmga, ta'limga asosiy e'tiborini qaratayotgan davlatlar taraqqiy etayotgani, rivojlanayotgani ta'kidlandi. Prezidentimiz rahbarligida bu sohaga ham alohida e'tibor qaratilayotgani aytib o’tildi. Yaqingacha yoshlarimizning bor-yo’g’i 9 foizi oliy ta'limga jalb qilingan bo’lsa, bugun bu raqam 40 foizga yetgani, bu borada ishlar ko’lami yanada kengayib borayotganligi, davlat oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish bilan birgalikda xususiy yoki xorijiy sarmoyalarni kiritilishi ham bu sohani taraqqiyotiga turtki berayotgani e'tirof etildi.

Rivojlanishda oliy ta'limni o’rni yuqoriligi ta'kidlandi, bugungi raqamlashtirish, rivojlanish davrida yoshlar ham shunga yarasha ta'lim olib, ertaga dunyo jamiyati o’rtasida o’z o’rniga ega bo’lishi, zamon bilan hamnafas yashash kerakligi urg’ulandi.

Viloyatimizda bugungi kunda oliy ta'lim sohasiga alohida urg’u berilayotgani, oliygohlar so’nggi yillarda katta yutuqlarga erishayotgani misol qilindi. 100 yillik tarixga ega bo’lgan Farg’ona davlat universiteti ham alohida o’ringa egaligi, qariyb 30 ming yoshlar o’qiyotgan oliygohda 7 nafar akademik, 3 nafar O’zbekiston xalq shoiri, 100 dan ortiq professorlar hamda 100 mingdan ortiq xalq xo’jaligining turli yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar yetishib chiqqanligi alohida ta'kidlandi.

Shundan so’ng ta'lim sohasi fidoyilari ishtirokida ramziy lenta qirqilib, Farg’ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetining yangi o’quv binosi foydalanishga topshirildi.

Mehmonlar bu maskanda talabalarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ma'naviyat saroyi, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, o’quv xonalari, ilmiy kafedralar, media-markaz, kutubxona, ovqatlanish, dam olish, axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Jahon standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur o’quv binosi dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda o’z aksini topgan va bu ishtirokchilar e'tirofiga sazovor bo’ldi.

Shu bilan birga binoda milliy qadriyatlarimiz uyg’unligi, millat qahramonlari, adabiyot namoyondalari, jadidchilik harakati yetakchilari siymosi aks etganligi – talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, fidoyilik, jasorat, Vatanga muhabbat, ajdodlarga ehtirom tuyg’ularini yanada oshiradi.

Ma'naviyat va ma'rifat markazida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ishtirokida oliy ta'lim muassasalari rektorlari uchun Hay'at yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimi o’z so’zida ilmiy anjumanning ahamiyati, foydalari haqida to’xtaldi. YuNESKOning ta'limni targ’ib qiluvchi shaharlar ro’yxatiga dunyodagi 160 ga yaqin shaharlar qatorida 2020 yilda ushbu ro’yxatga Toshkent shahridan keyin Farg’ona shahri ham kiritilganligi ta'kidlandi. Xayrullo Bozorov shuningdek, viloyatimizda Ahmad al-Farg’oniy izdoshlari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazishga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi va anjuman ishiga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Farg’ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan “Farg’ona davlat universitetida talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi" mavzusida taqdimot o’tkazildi.

Taqdimotda Prezidentimiz tomonidan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, xususan, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo’nalishida vertikal tizimning asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish mexanizmi ilgari surildi.

Shuningdek, yoshlar ongida Vatanga muhabbat, yurt kelajagiga daxldorlik tuyg’usini yanada kuchaytirish bo’yicha yangi takliflar bildirildi. Bunda ushbu yondashuv natijadorligi Farg’ona davlat universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko’rsatib berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram