Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRI KO’CHALARIDA OBODONLASHTIRISH VA KO’KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI KO’LAMI YANADA KENGAYADI

×

 2024-03-17 16:33:40    2114

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahri ko’chalarini obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va shaharning arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi bo’yicha o’rganish olib bordi.

Bugun Farg’ona shahri o’zgacha qiyofa kasb etib, shahar ko’chalari bo’ylab obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Asosiy ko’chalarda yo’l chetlariga maxsus urnalar joylashtirilib, velosipedlar harakatlanishi uchun alohida yo’laklar tashkil qilinmoqda. Yo’lning ikki tomoniga turli manzarali daraxt va gul ko’chatlari ekilib, yashillik yaratilganligi ko’zni quvontiradi.

Lekin shaharda hali bu kabi ishlar tashkil qilinmagan ko’chalar ham borligiga guvoh bo’lindi. Shahar ko’chalarini piyoda yurib o’rgangan viloyat hokimi, ba'zi katta tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlari binolarining old qismi qarovsiz qolib ketayotganligiga tanqidiy e'tibor qaratdi.

Shahar ko’chalaridagi piyoda yo’laklarining ba'zi hududlarda ta'mirtalabligi, yonlari qarovsiz, ba'zi joylarda chiqindilar to’planib qolganligi, bekatlarda esa yo’lovchilar uchun sharoit yaratilmaganiga guvoh bo’lindi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahri ko’chalarini bu kabi qarovsiz holga kelib qolishiga befarq bo’lgan shahar hokimini va sektorlar rahbarlarini tanqid qildi.

Har bir qarich yerdan unumli foydalanish zarurligini ta'kidlagan viloyat hokimi, shahar mas'ullariga ko’p qavatli uylar atrofidagi bo’sh turgan joylarni tartibga keltirish, qarovsiz joylarga, yo’l yoqalariga manzarali daraxtlar va atirgul ko’chatlari o’tqazishni tashkillash, yo’l chiziqlarini chizish, tadbirkorlarning o’z binosi oldini obod qilishi, bekatlar oldini tartibga keltirish va yana qator ishlar bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Farg’ona shahri ko’chalari doim obod bo’lib, namuna bo’lishi kerakligi qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi. 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram