Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONDA YUNESKO TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN AN'ANAVIY HUNARMANDCHILIK, TADBIRKORLIK VA DIZAYN BO’YICHA RESPUBLIKA TRENINGI BO’LIB O’TMOQDA

×

 2024-03-30 20:10:55    5993

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Marg’ilon shahrida YuNESKO tomonidan tashkil etilgan an'anaviy hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo’yicha respublika treningi o’z ishini boshladi.

30 martdan 8 aprelgacha bo’lib o’tadigan mazkur trening Farg’ona viloyati hokimligi ko’magida hamda Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Marg’ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Respublikamizning turli hududlaridan bo’lgan 60 nafar ishtirokchi uchun trening davomida O’zbekistonning taniqli ekspert, usta va dizaynerlari tomonidan mashg’ulotlar o’tkaziladi.

Trening O’zbekiston nomoddiy madaniy merosini asrash va targ’ib qilish hamda ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, trening O’zbekistonda hunarmandchilik sifati va dizaynini yaxshilash orqali an'anaviy hunarmandchilikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashga yordam berishi ko’zda tutilgan.

Tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad – an'anaviy hunarmandchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish va ish o’rinlarini yaratish orqali aholi, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning turmush darajasini oshirish, mamlakatda umumiy iqtisodiy o’sish va barqaror rivojlanishga hissa qo’sha oladigan bandlik imkoniyatlarini yaxshilashga yordam berishdir.

Trening YEvropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YuNESKOning “Afg’oniston, Markaziy Osiyo va Erondagi Ipak yo’li merosi yo’laklari - YEvropa madaniy meros yilining xalqaro o’lchovi” tashabbusi doirasida o’tkazilmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram