Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING “ZHONGKE SHANGSHENG NEW ENERGY VEHICLE” KOMPANIYASI FARG’ONADA MAXSUS TRANSPORT VOSITALARI ISHLAB CHIQARISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-04-05 19:26:49    7939

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Zhongke Shangsheng New Energy Vehicle” kompaniyasi rahbari Li Min boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyatimiz hududida amalga oshirish rejalashtirilayotgan maxsus transport vositalari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, investitsion loyiha doirasida binolar va xonadonlar uchun innovatsion tayyor holdagi devor, shift va yer qoplamalari ishlab chiqarish ham ko’zda tutilgan.

Xitoy kompaniyasi tomonidan ushbu loyihalar uchun 80 mln. dollargacha investitsiya kiritish reja qilinayotganligi ma'lum qilindi.

Bugungi uchrashuv chog’ida amalga oshirish ko’zda tutilayotgan loyihani “Qo’qon” EIZ hududiga yoki viloyatdagi kichik sanoat zonalaridan biriga joylashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi, Xitoy kompaniyasi tomonidan loyihaning aniq kontseptsiyasi hamda uni amalga oshirishning va moliyalashtirishning reja-jadvali ishlab chiqilgach, yaqin kunlarda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov hamda Buvayda tumani hokimi Behzod Ibragimov ishtirok etdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram