Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIK TUMANIDAGI “YAKKAMULLA” MAHALLASI OBOD GO’SHAGA AYLANDI

×

 2024-04-06 21:04:27    7932

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanidagi “Yakkamulla” mahallasida “Obod xonadon - obod ko’cha - obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Dastur asosida amalga oshirilgan qurilish, ta'mirlash, obodonlashtirish ishlari natijasida mahalla hududidagi 10 ta ko’cha va ulardagi 721 ta xonadonlar, shuningdek, ijtimoiy soha ob'ektlari obod va ko’rkam qiyofa kasb etdi.

Qariyb 2 oy davomida mahalladagi 618 ta xonadonga “Obod xonadon” mezoni joriy etildi. 10 ta ko’chada obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, 1.3 km lotok, ariq, kollektor-zovurlar tozalandi. Qabriston va ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Ko’chalarga nihol va ko’chatlar ekildi. 2.8 km suv tarmog’i tortilib, 3500 metr gaz quvuri ta'mirlandi, 280 ta simyog’och beton ustunlarga almashtirildi, 5 km elektr simlar tortildi, 2 km ichki yo’llar asfaltlandi. 1.2 km piyodalar yo’lagi ravon qilindi. Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorlilarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash maqsadida Baxshitol ko’chasida zamonaviy Workout sport maydoni qurildi.

Bundan tashqari, mahallaning kirish joyiga yangi peshlavha qurildi. Mahallada nuroniylar maskani, otalar choyxonasi, yoshlar kutubxonasi, shaxmat-shashka to’garaklari faoliyati uchun kerakli shart-sharoitlar yaratildi. Tadbirkor Otabek Tojiyev tashabbusi bilan mato to’qish va bolalar trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Bu yerda tikuvchilik malakasiga ega ishsiz 15 dan ortiq xotin-qiz uchun yangi ish o’rinlari yaratildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov va keng jamoatchilik vakillari mahalladagi amalga oshirilgan shu kabi hayrli ishlar bilan yaqindan tanishib, mahallaning yangi binosi ochilish marosimida ham ishtirok etdilar.

Viloyat rahbarlari bilan muloqotda bo’lgan mahalla ahli, xonadon egalari bu kabi ulkan bunyodkorlik ishlari avval bo’lmagani, buning natijasida har bir xonadon, ko’cha va mahallaga fayz, baraka kirib kelayotganligini ta'kidlab, bu ishlarga bosh bo’lgan Davlat rahbari, barcha mutasaddilarga o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.

Tantanali tadbirlar davomida mahallani ana shunday ko’rkam va obod ko’rinishga kelishida munosib hissa qo’shgan jonkuyarlar, sport musobaqalari g’olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi. “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi bir guruh hamyurtlarimiz bandligini ta'minlash uchun zaruriy mehnat anjomlari subsidiya asosida bepul taqdim etildi.

Nuroniylar maskanida tashkil etilgan tadbir avvalida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Yakkamulla” mahallasi fuqarolari, tadbir ishtirokchilarini bahor ayyomlari hamda yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy tabrikladi.

“Yakkamulla” mahallasida qilingan ishlarni ko’rib, xursand bo’linganligini qayd etgan viloyat hokimi, tuman rahbarlari, mahalla ahlining birdamligi, ahilligi, tashabbusi bilan mana shunday ishlar amalga oshirilganini mamnuniyat bilan e'tirof etdi.

Tadbir davomida yangragan kuy-qo’shiqlar, go’zal raqslar barchaga birdek manzur bo’ldi.

Shu kuni tadbirkor Odiljon Tolipov tashabbusi bilan tashkil etilgan to’quv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Bu yerda 50 xildagi yosh bolalar uchun kiyim-kechaklar tayyorlanib, mahalliy bozorlar bilan birga qo’shni davlatlarga ham yetkazib berilmoqda. Hozirda 30 nafar mahalladagi xotin-qizlar bandligi ta'minlangan. 1 oyda 25 mingta mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, bu joydagi 15 sotix maydonda limonariya bog’i barpo etilgan. Archa, shamshod gul ko’chatlari yetishtirish yo’lga qo’yilgan.

Tadbirkor faoliyatini yuqori baholagan viloyat hokimi, korxonani yanada rivojlantirish, kengashtirish va ish o’rinlarini 100 tadan oshirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.

Bir so’z bilan aytganda, “Yakkamulla” mahallasida amalga oshirilgan keng ko’lamdagi ishlar nafaqat Uchko’prikda, balki viloyatning boshqa mahallalarida ham namuna bo’ladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram