Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XORIJ BOZORLARI TALABIGA MOS MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARIB, EKSPORTINI YO’LGA QO’YISH – BUGUNNING MUHIM MASALASI

×

 2024-04-06 23:29:51    8078

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanidagi “Nirt Fruit” korxonasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligida viloyat boshqarma va tashkilotlari hamda shahar va tuman hokimlarining mas'ul o’rinbosarlari ishtirokida 2024 yilda viloyatimiz eksportini muvofiqlashtirish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugungi qiyin siyosiy-iqtisodiy davrda eksport bo’yicha tizim yaratilishi kerakligini, iqtisod kuchli bo’lishi uchun sanoatni rivojlantirib, eksport ko’lamini oshirish va xorijdan valyuta kirib kelishini ta'minlash, Farg’onani eksportyorlar markaziga aylantirish kerakligini qayd etdi.

Ishlab chiqarish loyihalari uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, mahalliy yirik tadbirkorlar bilan hamkorlikda ish tashkil qilib, yangi ish o’rinlari yaratish, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish ustuvor vazifa ekani ta'kidlandi.

Bu jarayonda shahar va tuman hokimlarining investitsiya, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosarlari fidoiy bo’lib ishlashlari, tadbirkorlarning xorij bozorlari talabiga mos sifatli mahsulotlarni tayyorlab, katta bozorlarga kirib borishlariga ko’maklashish kerakligiga etibor qaratgan viloyat rahbari, Xitoy, Arab davlatlari, YEvropa mamlakatlari bozoriga mahsulotlarimizni olib kirishda eksportyorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Seminarda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov 2024 yilda Farg’ona viloyatida meva-sabzavot eksportini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo’yicha taqdimot o’tkazdi.

Shuningdek, viloyatdagi muzlatkichli omborxonalardagi mahsulotlarni onlayn kuzatish tizimi ishga tushirilayotganligi va uning qulayliklari haqida ham ma'lumot berildi.

Bundan tashqari, logistika markazlari, omborxonalardan samarali foydalanish, eksportyorlarga ko’makdosh bo’lish, mahsulotlarni saqlashni ham keng yo’lga qo’yish bo’yicha vazifalar belgilandi. Bu jarayonda bog’bonlar va brokerlar bilan ham tizimli ish tashkil qilish kerakligi qayd etildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram