Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 163 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA XITOY KOMPANIYASI INVESTITSIYASI HISOBIGA AMALGA OSHIRILADIGAN ELEKTR ENERGIYASINI SAQLASH TIZIMINI QURISH LOYIHASIGA START BERILDI

×

 2024-04-11 13:55:06    4788

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O’zbekiston tumanida Xitoyning “China Energy Construction Gezhouba Overseas Investment Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirishga kirishilayotgan “Quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo’lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” loyihasining boshlanishiga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, “China Energy Construction Gezhouba Overseas Investment Co., Ltd.” rahbariyati, viloyat mutasaddi tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyidagi “Farg’ona viloyatining O’zbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo’lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan, Xitoy kompaniyasi ushbu loyihaga dastlabki baholash bo’yicha jami 144 mln. dollar miqdoridagi to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar kiritishi ko’zda tutilgan.

Tadbirda viloyat hokimi barchani yurtimizda keng nishonlanayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklab, ushbu Muborak kunlarda boshlanayotgan ushbu loyiha hayrli va manfaatli bo’lishiga tilak bildirdi.

So’nggi ikki yil davomida iqtisodiyotning eng muhim tarmog’i bo’lgan energetika sohasida jadal islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etgan viloyat hokimi, mamlakatimizni energiya ta'minotini barqaror ta'minlash maqsadida muqobil elektr tarmoqlari yo’nalishida ya'ni quyosh, shamol elektr stantsiyalri qurish borasida shaxdam ishlar amalga oshirilayotganligiga to’xtaldi.

Qayta tiklanuvchi energiyalarni joriy qilishda eng katta ko’mak va yordam berib, o’z mablag’larini yo’naltirayotgan davlatlar orasida Xitoyning yirik kompaniyalari eng katta ulushni egallayotgani e'tirof etildi.

Quyosh energiyasi ishlab chiqarish, quyosh panellaridan foydalanish bo’yicha keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilayotganligi, lekin quyosh bor paytda tarmoqda energiya quvvati oshib, kechga borib energiya quvvati pasayishi, energetika tizimidagi nomutanosiblikni bartaraf qilish uchun shunday stantsiyalar juda muhim va bugungi davr talabi ekanligi aytib o’tildi. Bunday elektr energiyasini saqlash stantsiyasini, mamlakatimizda birinchilardan bo’lib O’zbekiston tumanida ham barpo etishga kirishilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tadbirda Qur'on tilovat qilinib, yaxshi niyatlar bilan duoi fotiha o’qildi. Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur loyihaga start berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram