Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDAGI “LEADER SCHOOL” XUSUSIY MAKTABIDA “KO’NGIL BOZORI” XAYRIYA YARMARKASI TASHKIL ETILDI

×

 2024-04-15 11:06:00    4507

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahridagi “Kokand Leader School” xususiy maktabida “Ko’ngil bozori” xayriya yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, keng jamoatchilik vakillari, o’quvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Yarmarka doirasida ishtirokchilar maktab o’quvchilari tomonidan ustozlari ko’magida tayyorlangan mahsulotlar, buyumlar va suvenirlarini xarid qilar ekanlar, ularni iqtidorini yuqori baholadilar.

E'tiborlisi, shu kungi xayriya yarmarkasidan tushgan pul mablag’lari kam ta'minlangan oilalar, bemor bolalar ehtiyoji uchun yo’naltiriladi. Bunday tadbirlar orqali o’quvchilarga nafaqat insoniylik fazilatlarini, balki moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik qobiliyatlarini bolalik davridan singdirib borish maktabning kadriyatlarida mujassamlashgan.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi bolajonlarimizda mehr-oqibat, ijodkorlik, yaratuvchanlik, o’zi yaratgan mahsulotlarni qadrlash, baholash va atrofdagilarga taqdim eta olish kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan mazkur tadbirning ular hayotidagi o’rni beqiyos ekanligini ta'kidlab o’tdi va maktab jamoasi ishlariga omad tiladi.

2023 yilda foydalanishga topshirilgan “Kokand Leader School” maktabi 500 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, hozirda 4 ta boshlang’ich sinfda 65 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. Kelgusi o’quv yilidan 1-sinfdan 11-sinfgacha o’quvchilar qamrab olinadi. O’quvchilarga eng zamonaviy ta'lim yo’nalishlarida, chuqurlashtirilgan ingliz, xitoy, arab va rus tillarida sifatli bilim beriladi. Maktabda 50 dan ortiq o’quv xonalari, zamonaviy sportzal, sport maydonchalari mavjud.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram