Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV O’ZBEKISTONNING XORIJDAGI ELCHILARI BILAN ONLAYN UCHRASHUV O’TKAZDI

×

 2024-04-16 19:20:20    4121

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekistonning xorijdagi elchilari bilan onlayn uchrashuv o’tkazdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Bahromjon A'loyev, O’zbekistonning xorijdagi elchilari hamda elchixonalar vakillari, viloyatimiz shahar va tumanlari hokimlari ishtirokida videokonferents aloqa shaklida o’tkazilgan uchrashuvda Farg’ona viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va viloyat eksport hajmini oshirish borasida elchixonalar bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatining yuqori investitsion salohiyati, viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va narx borasida xalqaro bozorlarda raqobatbardoshliligi, viloyatimizda shakllangan qulay ishbilarmonlik muhiti, malakali va yosh mehnat resurslari mavjudligi alohida qayd etildi. Ushbu imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish borasida atroflicha fikr almashildi.

Xorijiy investorlar bilan yangi hamkorlik yo’nalishlarini topish va rivojlantirish, chet mamlakatlarga mahsulotlarni eksporti jarayonida yangi xalqaro transport yo’laklari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksport bozorini diversifikatsiyalash, tadbirkorlarimizga YEvropa mamlakatlari, Arab davlatlari bozorlariga kirib borishlariga ko’maklashish kabi masalalar yuzasidan kelgusi qadamlar belgilab olindi.

Uchrashuvda shuningdek, Farg’ona viloyatidagi ijtimoiy loyihalar uchun xorijiy grantlarni jalb etishda elchixonalar faolligini oshirish masalasiga ham e'tibor qaratildi.

O’zbekistonning Belarus, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Ozarbayjon, Singapur, Shvetsiya, O’mon, Yaponiya davlatlaridagi elchilari Farg’ona viloyatining ushbu davlatlar bilan savdo-investitsion hamkorligi borasida erishilgan salmoqli natijalar hamda istiqboldagi imkoniyatlar yuzasidan o’z fikrlarini bildirdilar.

Xususan, O’zbekistonning O’monga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Abdusalom Xatamov, o’monlik tadbirkorlar Farg’ona viloyatida turizm infratuzilmasi ob'ektlar, xususan mehmonxonalar qurish bo’yicha taqdim etilgan investitsion loyihalarga katta qiziqish bildirishayotganini ma'lum qildi. O’mon Sultonligining SalamAir aviakompaniyasi bilan Farg’ona-Maskat-Farg’ona yo’nalishida doimiy aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish masalasini jadallashtirish uchun elchixona mas'ullari, aviakompaniya rahbarlari hamda Farg’ona viloyati turizm biznesi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etish belgilandi.

O’zbekistonning Belarusdagi elchisi Raxmatulla Nazarov Farg’ona viloyatining Belarus bilan hududlararo hamkorligi darajasini yuqori baholab, yaqin kunlarda Gomel viloyati rahbari boshchiligidagi katta delegatsiyaning Farg’onaga bo’ladigan tashrifi ham samarali o’tishiga ishonch bildirdi. Raxmatulla Nazarov, mebelsozlik borasida Farg’ona va Belarus o’rtasida yo’lga qo’yilayotgan hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun har tomonlama ko’mak berilishini ma'lum qildi.

O’zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev, joriy yil fevral oyida Kuala-Lumpur shahrida bo’lib o’tgan “O’zbekiston-Malayziya” biznes-forumi doirasida Farg’ona viloyati va Malayziya kompaniyalari o’rtasida quyosh panellari hamda zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha erishilgan kelishuvlar doirasida Malayziya biznesi vakillari aniq loyihalar bilan viloyatimizga kelishayotganini ma'lum qildi.

O’zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo’ja Abdurahmonov, Yapon investorlarining viloyatimizga qiziqishi kun sayin ortayotganini ta'kidlab, viloyatimizda investitsion loyihalarini amalga oshirishga kirishayotgan “Micado Development” hamda NAGAI Clinic kompaniyalari o’z loyihalari yuqori samaradorlikka erishishiga ishonch bildirayotganlarini qayd etdi.

Uchrashuv davomida ko’tarilgan barcha masalalar hamda belgilangan chora-tadbirlar bo’yicha yig’ilish protokoli imzolanishi hamda ijroga qaratilishi belgilandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram