Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOSHLAR – DAVLATNING G’AMXO’RLIGI VA E'TIBORIDA

×

 2024-04-17 16:31:39    3688

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Ekoshahar hududida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo’shtepa tumanidan kelgan yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Yoshlarning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning bandligini ta'minlash, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish, hayotda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish masalasi ochiq muloqot shaklida o’tgan uchrashuvning bosh maqsadi bo’ldi.

“O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi doirasida o’ziga biriktirilgan yoshlar bilan o’tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarning murojaat va takliflarini tingladi, hal etish lozim bo’lgan muammolar yechimi bo’yicha choralar belgiladi. Bildirilgan har bir masala nazoratga olinib, qisqa fursatda hal etilishi bo’yicha mas'ullarga ko’rsatmalar berildi.

Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e'tibor va g’amxo’rlik, ularga zamonaviy bilim berish va iqtidorini rivojlantirish mujassam ekanini qayd etib, bugun yoshlar kelajagi bilan bog’liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega bo’lib turganiga e'tibor qaratdi.

Shu kuni yoshlar Ekoshahar hududida amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik, obodonchilik, ko’kalamzorlashtirish ishlari bilan ham yaqindan tanishdilar hamda yaxshi niyatlar bilan bog’ hududiga ko’chatlar ekishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram