Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BELARUSNING GOMEL VILOYATI RAHBARI KRUPKO BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA FARG’ONAGA KELDI

×

 2024-04-18 09:40:29    3804

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Belarus Respublikasining Gomel viloyati ijroiya qo’mitasi raisi Ivan Krupko boshchiligidagi rasmiylar va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya 3 kunlik amaliy tashrif bilan Farg’onaga keldi.

Erta tongda Farg’ona xalqaro aeroportida belaruslik mehmonlarni viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldilar.

Bugun kun davomida Gomel viloyati delegatsiyasi a'zolari viloyatimizdagi yangi loyihalar hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishadilar.

Ertaga rasmiy uchrashuvlar doirasida Farg’ona va Gomel viloyatlari rahbarlarining tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlari bo’lib o’tadi. Farg’ona viloyati hamda Gomel viloyati o’rtasida o’zaro hamkorlik bo’yicha bitim imzolanadi. Shuningdek, “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi hamda “Gomel-Raton” erkin iqtisodiy zonasi o’rtasida hamkorlik kelishuvi imzolanishi rejalashtirilgan.

Belarus delegatsiyasi uchun tashrif kunlari Farg’ona shahrida viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ko’rgazmasi tashkil etiladi. Farg’ona va Gomel viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari o’rtasida B2B uchrashuvlar bo’lib o’tadi. Muzokaralar yakuni bo’yicha kelishuv va shartnomalar imzolanishi ko’zda tutilgan.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram