Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BIR BO’LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!

×

 2024-04-19 09:13:41    3353

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda “Ma'rifat” targ’ibotchilar jamiyati hamkorligida “Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Kinokarvon” ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

Poytaxtdan kelgan taniqli kinoijodkorlar, yozuvchi va ziyolilar loyihaning ilk kunida Farg’ona shahridagi Ahmad Farg’oniy ko’chasida tashkil etilgan “Ma'rifat bog’i”da ko’chatlar ekishdi.

Toshloq tumanidagi “Xonariq” mahalla fuqarolar yig’inidagi tadbir barchaga manzur bo’ldi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Shoxida Uzoqova, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sayyora To’ychiyeva va boshqalar mahalla ahliga samimiy dil izhorlarini bildirdi. Yurtimizda inson qadri ulug’vor ekanligini ta'kidlab, kinolarimizdagi ezgu g’oyalar xususida so’z yuritildi. Uchrashuv doirasida “Ayol qismati” nomli film namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, san'atkorlar mashhur kinofilm va spektallarda ijro etgan rollaridan parchalar namoyish etishdi. Vatan va tinchlikni ulug’lovchi kuy-qo’shiqlar uchrashuvga ko’tarinkilik ulashdi. Farg’ona shahrida joylashgan “Temurbeklar maktabi”dagi uchrashuv samimiy kechdi. Unda “Guliston” va “Al Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig’ini aholisi ham ishtirok etdi.

Mehmonlar bu yerdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Uchrashuvda harbiylar hayoti, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ta'minlashda ular ko’rsatayotgan mardlik va jasorat haqida ko’plab badiiy va hujjatli filmlar suratga olinayotgani ta'kidlandi. Kinoijodkorlar sur'atga olish jarayonlaridagi o’ziga xos sarguzashtlar, qiziqarli voqealarga oid taassurotlari bilan o’rtoqlashdi, muxlislarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi. “O’zbek qizi” badiiy filmi ishtirokchilarga namoyish etildi.

Bunday tadbirlar hududlarda davom etmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram