Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA-GOMEL: HUDUDLARARO O’ZARO MANFAATLI HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

×

 2024-04-19 20:36:49    3198

PDF yuklash
Chop etish


Belarus Respublikasining Gomel viloyati Ijroiya qo’mitasi raisi Ivan Krupko boshchiligidagi delegatsiyaning Farg’ona viloyatiga tashrifi doirasidagi asosiy rasmiy tadbirlar Vodildagi viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da bo’lib o’tdi.

Kun dasturi ikki viloyat rahbarlari va rasmiylari hamda Farg’ona va Gomel viloyatlari ishbilarmonlarining kengaytirilgan uchrashuvi bilan boshlandi.

Farg’ona va Gomel viloyatlari o’rtasida hududlararo amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy, madaniy, turizm va ko’plab sohalarda keng ko’lamli aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O’zbekiston va Belarus davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodalari va ezgu tashabbuslari bilan ikki davlat o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalar tobora kuchayib borayotgani uchrashuv davomida alohida qayd etildi.

Viloyatimiz sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining Gomel viloyatiga eksporti hajmini oshirish, Farg’onaga Belarusdan arzon va sifatli go’sht, sut mahsulotlari, mebellar va yog’och mahsulotlari yetkazib berish borasida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish borasida kelishib olindi. Bu jarayonda Gomel shahrida viloyatimiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini targ’ib qiluvchi “Farg’ona Savdo uyi”ni ochish taklifi belaruslik mehmonlar tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning taklifi bilan, viloyatimiz hududida Belarusning yirik “Gomselmash” zavodi bilan hamkorlikda zamonaviy qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish borasida ish tashkil etiladigan bo’ldi.

Farg’ona va Gomel viloyatlari o’rtasida kasbiy hamda oliy ta'lim sohasida ham hamkorlik o’rnatishga, xususan, viloyatimiz sanoat korxonalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda Simulyatsion markazlarni o’z ichiga olgan Gomelning innovatsion tajribasini Farg’onada tatbiq etishga kelishildi.

Uchrashuvda mebelsozlik sohasida viloyatimizda Gomel korxonalari bilan hamkorlikda qo’shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Viloyatimizda chorva mollari naslini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida Gomel viloyatidan zotdor qoramollar keltirish borasida ham hamkorlik odimlari belgilab olindi.

Madaniyat va turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ikki viloyatda bo’lib o’tadigan sanoat, turizm va boshqa ko’rgazmalarda tadbirkor va ishbilarmonlarning o’zaro ishtirokini ta'minlash kabi mavzular ham uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi. Ivan Krupko Xayrullo Bozorovni sentyabr oyida bo’lib o’tadigan Gomel xalqaro iqtisodiy forumiga taklif etib, rasmiy taklifnomani topshirdi.

Uchrashuv yakunida Xayrullo Bozorov va Ivan Krupko Farg’ona viloyati hokimligi va Gomel viloyati Ijroiya qo’mitasi o’rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni 2024-2025 yillarda amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini (“Yo’l xaritasi”) imzoladilar.

Shuningdek, “Qo’qon” EIZ rahbari Farrux Rahmonov hamda “Gomel-Raton” EIZ ma'muriyati rahbari Antonina YEjova tomonidan ikki viloyat erkin iqtisodiy zonalari o’rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram