Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYLIK TADBIRKORLAR XITOYDAN FARG’ONAGA TO’G’RIDAN TO’G’RI AVIAQATNOVLARNI YO’LGA QO’YISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-04-19 22:32:24    4753

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik tadbirkorlar Sya Gofen hamda Kamili Zunongni qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoydan Farg’onaga to’g’ridan to’g’ri doimiy aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilindi.

3 ta Airbus hamda 3 ta Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy samolyotlarga ega bo’lgan Hainan Travelzen kompaniyasi, hozirda rejalashtirilayotgan ushbu aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish hamda ikki davlat Havo yo’llari kompaniyalari bilan qatnovlarni muvofiqlashtirish borasida ish olib borayotgani ma'lum qilindi.

Viloyat hokimi ushbu loyihaning amalga oshirilishi Davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida ikki mamlakat o’rtasida aviaqatnovlarni haftasiga 100 taga yetkazish bo’yicha erishilgan kelishuv ijrosini ta'minlashga xizmat qilishini ta'kidlab, bu aviaqatnovni yo’lga qo’yish masalasini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Farg’onadan Xitoyga to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlarning yo’lga qo’yilishi, 11 milliondan ziyod vodiy viloyatlari aholisi uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishi qayd etildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram