Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’X TUMANI ICHKI ISHLAR BO’LIMINING YANGI MA'MURIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-04-20 17:02:48    4461

PDF yuklash
Chop etish


Bugun So’x tumani ichki ishlar bo’limi uchun qurilgan zamonaviy xizmat binosi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ichki ishlar vazirining o’rinbosari Ramazon Ashropov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Azizbek Ikramov, viloyat sektorlari rahbarlari hamda soha faxriylari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olganlar Davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlarining zamonaviy qiyofasini yaratish, xodimlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida e'tibor qaratilayotganligi natijasi o’laroq, mazkur yangi zamonaviy bino qisqa fursatda qurilib, foydalanishga topshirilganini tarixiy voqea sifatida e'tirof etdilar. Qurilish ishlari uchun davlat byudjetidan 13 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflangani ma'lum qilindi.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan tinchlikparvarlik siyosati natijasida, qo’shni davlatlar bilan yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilayotgani, birodarlik aloqalarini mustahkamlash borasida qilinayotgan say'-harakatlar bugun natijasini berayotganligi qayd etildi. Qirg’izistonning chegaradosh tumanlari bilan ahil-inoq bo’lib, bahamjihatlikda ishlar tashkil qilinayotganligi natijasida xalqimizning kayfiyati ko’tarilib, tadbirkorlik, savdo-sotiq rivojlanayotganligi, odamlarimiz turmush darajasida o’zgarish bo’layotganligi alohida e'tirof etildi.

Endilikda So’x tumani ichki ishlar bo’limi shaxsiy tarkibi yangi ma'muriy binoda yangicha kuch va g’ayrat bilan xizmat qilib, tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida yanada samaradorlik bilan faoliyat ko’rsatishlariga ishonch bildirildi.

Tadbir davomida bir guruh soha faxriylari, faol xodimlar hamda quruvchilar munosib rag’batlantirildi.

Ushbu binoda yurt posbonlarining samarali xizmat olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keldi. Jumladan, ma'muriy hududda nazorat o’tish joyi, fuqarolarni qabul qilish xonasi, tibbiy xizmat ko’rsatish xonasi, kutubxona, oshxona, avtoturargoh, garaj, omborxona, xizmat itlarini saqlaydigan xona, saf maydoni, sport zali tashkil etilgan. 3 qavatli asosiy binoda esa 70 ta xona mavjud bo’lib, 47 ta xizmat xonasi, navbatchilik qismi, ma'naviyat va ma'rifat zali zamonaviy mebel jihozlari hamda axborot texnologiyalari bilan ta'minlandi.

Ma'muriy bino hududi obodonlashtirilib, 3 000 tadan ziyod mevali va manzarali daraxt ko’chatlari hamda gullar ekildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram