Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA MADANIYAT, SAVDO VA XIZMAT KO’RSATISH SOHASI OB'EKTLARIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

×

 2024-04-24 12:49:26    4250

PDF yuklash
Chop etish


Kecha viloyat hokimligi kichik majlislar zalida viloyatimizdagi madaniyat, savdo va xizmat ko’rsatish sohasi ob'ektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 29 mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta'minlash masalalari yuzasidan o’tkazgan yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilgan yig’ilishda viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari mutasaddilari, madaniyat, savdo va xizmat ko’rsatish sohasi vakillari, qator viloyat boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Madaniyat, savdo va xizmat ko’rsatish sohasi ob'ektlari xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish ustidan nazorat qilish bo’yicha o’tkazilgan ushbu muvofiqlashtiruvchi yig’ilishda savdo-ko’ngilochar majmualar, bog’lar, bozorlar va boshqa fuqarolar gavjum bo’ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash ishlarining bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda samarali amalga oshirish choralari muhokama qilindi.

Fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va jamoat tartibini saqlash jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tadbirkorlik sub'ektlarining to’laqonli hamkorlik qilishini ta'minlash muhimligi ta'kidlandi.

Madaniyat, savdo va xizmat ko’rsatish sohasi ob'ektlarida jamoat tartibini saqlashda zamonaviy texnik xavfsizlik vositalaridan keng foydalanish, videokuzatuv va yong’in xavfsizligi vositalari bilan yetarli jihozlanishini ta'minlash lozimligiga e'tibor qaratildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram