Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-04-24 15:01:58    4417

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi oltmish yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan Respublika ishchi guruhi tomonidan soha mutaxassislari bilan birgalikda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ulardan noqonuniy foydalanishni oldini olish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish bo’yicha viloyatda o’rganishlar o’tkazildi. Dastlab mazkur o’rganish natijalari hamda viloyat aholisi va ijtimoiy soha ob'ektlarini 2024 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash bo’yicha soha mutasaddilari ma'lumot berdilar.

Shundan so’ng “O’zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi doirasida Farg’ona viloyatida 2024 yilga mo’ljallangan yo’nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejalari bajarilishi holati haqida viloyat hokimining o’rinbosari Sherzod Rahimov axborot berdi.

Viloyatda reproduktiv salomatlikni ta'minlash borasida 2023 yil va 2024 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil yakuniga qadar ko’riladigan chora-tadbirlar haqida viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Bobur Primqulovning hisoboti eshitildi.

Mazkur masala yuzasidan viloyat Kengashining “Ta'lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasi raisi Dilafruz Kasimova muzokara uchun so’zga chiqdi.

Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig’i Zafarjon Ro’zaliyev esa Farg’ona viloyati mahalliy byudjetining 2024 yil 1-chorakdagi ijrosi haqida axborot berdi.

Sessiyada shuningdek, Farg’ona viloyatining Namangan va Andijon viloyatlari bilan ma'muriy-hududiy birliklar chegarasini belgilash masalalarini qayta ko’rib chiqish va yana qator masalalar ko’rib chiqildi.

Har bir ko’rilgan masala yuzasidan savol-javoblar o’tkazilib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram