Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZNING 36 NAFAR FAXRIY VELOSPORTCHILARI “FARG’ONA – BUXORO – QORAQALPOG’ISTON” YO’NALISHI BO’YICHA SAFARGA OTLANDILAR

×

 2024-04-25 10:40:38    3897

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onalik bir guruh nuroniy otaxonlar sog’lom turmush tarzini va ommaviy sportni aholi orasida keng targ’ib etish maqsadida bugun erta tongdan “Farg’ona – Buxoro – Qoraqalpog’iston” yo’nalishi bo’yicha tashkil etilgan velomarafonda yo’lga chiqdilar.

Farg’ona shahridagi “Samo” sport majmuasida o’tkazilgan velomarafonga start berish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Sherzodbek Raximov hamda viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Nodirbek Hakimovlar ishtirok etdi.

Mazkur uzoq masofali velomarafonda viloyatning 36 nafar faxriy velosportchilari “Farg’ona – Buxoro – Qoraqalpog’iston” yo’nalishi bo’yicha safarga otlandilar. Otaxonlar safarni Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari orqali amalga oshiradilar.

Viloyat sport boshqarmasi tomonidan tadbir ishtirokchilarini sport formalari bilan ta'minlash hamda safar bilan bog’liq sarf-xarajatlar uchun zaruriy yordamlar ko’rsatildi.

Velomarafon O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 sentyabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5251-sonli qarori, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024 yil 7 martdagi “Hududlarda ommaviy velosiped paradlari hamda safarlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi buyrug’i ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram