Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH BORASIDA FURQAT TUMANIDA SAMARALI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

×

 2024-04-25 11:28:17    4265

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda Furqat tumanida aholi bandligini munosib ta'minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Kecha viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov tumanda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda tumanning chegara hududida joylashgan "G’allakor" mahallasida sayyor qabul o’tkazdi.

"G’allakor" mahallasida 43 nafar xotin-qizlar uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari ajratilib, ularga mahalladagi bo’sh turgan bino beg’araz ajratilib, qulay tadbirkorlik muhiti yaratildi. Xotin-qizlar avvaliga kasb-hunarga o’qitilib, tikuvchilik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan, ushbu sohani yaxshi o’zlashtirgan tadbirkorga biriktirildi. Ushbu jarayonda mutaxassis orqali ularning ish faoliyati nazorat qilib borilishi, barqaror faoliyat yuritilishi amaliyoti yo’lga qo’yildi. Mahalla vakillari hamda tuman rahbarlari ishtirokida mazkur binoning tantanali ochilish tadbiri o’tkazildi.

Shuningdek, mahalladagi kam daromadli oila vakillarini daromadini oshirish maqsadida 12 nafar fuqaroga motokultivator, 39 nafar xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi. Mazkur mehnat anjomlari ehtiyojmand aholi vakillarining turmush sharoitini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo’lishlariga ko’maklashish, bandligini ta'minlash maqsadida subsidiya asosida bepul taqdim etildi.

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida "G’allakor" mahallasida sayyor qabul ham o’tkazdi. Qabul davomida fuqarolarning bandlik, tadbirkorlik, bank krediti, moddiy yordam, uy-joy, tibbiy xizmat olish kabi turli masalalarda 40 dan murojaatlari ko’rib chiqildi. 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram