Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOSHLOQDA G’O’ZA PARVARISHIDA BIRINCHI KOMPLEKS AGROTEXNIK TADBIRLARNI SIFATLI AMALGA OSHIRISH YUZASIDAN VILOYAT SEMINARI BO’LIB O’TDI

×

 2024-04-25 11:47:21    4977

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Toshloq tumanidagi “Zarkent ziynati” fermer xo’jaligi dala shiyponida tashkil etilgan g’o’za parvarishida birinchi kompleks agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, qishloq xo’jaligi sohasida munosib mehnat sharoitlarini yaratish, shuningdek, bahorgi g’alla parvarishi hamda pilla yetishtirish masalalariga bag’ishlangan seminarda ishtirok etdi.

Mazkur seminarda viloyat qishloq xo’jaligi sohasi mas'ullari, tumanlar hokimlari va sektorlari rahbarlari, paxta-to’qimachilik va g’allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda daxldor mutasaddilar, oqsoqollar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida hududdagi fermer xo’jaliklari dala maydonlarida zamonaviy agrotexnika vositalarini g’o’za qator oralariga dastlabki sifatli ishlov berish uchun tayyorlash jarayonlari ko’zdan kechirildi.

Seminarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bahor mavsumi qishloq xo’jaligida dolzarb davr bo’lishligini qayd etib, qulay ob-havo natijasida bugungi kunda viloyatimizdagi dalalarga qadalgan chigitlar unib chiqqani, endilikda har bir ishni tartib, tizim bilan o’z vaqtida amalga oshirish lozimligi hamda g’o’za nihollariga dastlabki sifatli ishlov berish orqali mo’l hosil olish mumkinligini ta'kidladi.

G’o’za qator oralariga kultivatorlar vositasida ishlov berish, maxsus yumshatgich yordamida chuqur yumshatish, yaganalash, g’o’za nihollarini barg orqali oziqlantirish ya'ni suspenziya sepish, klasterlarga dastlabki ishlov davri uchun fermerlarga zarur o’g’it va yoqilgi zahirasini yetarli shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Fermer xo’jaliklari ishchi-xodimlari, mexanizatorlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish, ularga ish haqlarini vaqtida berish bo’yicha mas'ullarga vazifalar yuklandi.

Ushbu berilgan topshiriqlarni tumanlar 4 ta sektor rahbarlari sifatli amalga oshirishi va 20 kundan so’ng qayta o’rganilishi ma'lum qilindi.

Seminarda viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov joriy yilgi g’o’za parvarishida birinchi kompleks agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, g’allachilik va pilla yetishtirishga tayyorgarlik bo’yicha tumanlardagi holat, ko’rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma'lumot berdi. 































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram