Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMLIGIDA AQSHNING O’ZBEKISTONDAGI ELCHISI JONATAN XENIK BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

×

 2024-04-25 17:03:18    5299

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat hokimligi qabullar uyida AQShning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati va AQSh shtatlari o’rtasida o’zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko’tarilayotgani, so’nggi bir yil davomida AQSh bozoriga Farg’onadan Rishton kulolchilik mahsulotlari hamda Oltiariq uzumlari kirib borgani uchrashuv davomida alohida qayd etildi, bu borada katta imkoniyatlar mavjudligi e'tirof etildi.

Joriy yil 24 yanvar kuni Vashingtonda Farg’ona viloyati hokimligi va O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan “Rishton keramikasi: Markaziy Osiyo kulolchilik san'atining gavhari” nomli ko’rgazma hamda Elchixona qoshidagi doimiy kulolchilik shourumining ochilishi o’zaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo’lgani ta'kidlandi.

Ushbu ko’rgazma Farg’ona hunarmandchiligiga AQShda katta qiziqish mavjudligini ko’rsatgani inobatga olinib, hozirda viloyatimiz turizm kompaniyalari tomonidan amerikalik turistlar uchun Rishton va Marg’ilonga hunarmandchilik turizmi yo’nalishlari tashkil etish borasida ish olib borilayotgani ma'lum qilindi.

Farg’ona bilan AQSh hududlari hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Farg’ona viloyati hamda Kaliforniya va Yuta shtatlari o’rtasida birodarlashuv aloqalarini o’rnatish, AQSh investitsiyalarini viloyat iqtisodiyotiga jalb etish ko’lamini kengaytirish, kasbiy ta'lim yo’nalishida hamkorlik qilish borasida ish tashkil etishga kelishib olindi.

AQSh elchixonasi vakillari viloyatimizga tashrif davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug’ullanuvchi “Uz-Segang” agrologistika kompleksi, “Fergana Global Textile Infinity” klasteri, Marg’ilon shahridagi “Yodgorlik” markazini hamda qator ijtimoiy soha ob'ektlarida ham bo’lishi rejalashtirilgan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram