Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA DUAL TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHGA BAG’ISHLANGAN FORUM BO’LIB O’TDI

×

 2024-04-25 18:51:53    5854

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizdagi ta'lim muassasalari, ish beruvchi korxona va tashkilotlar ishtirokida “Dual ta'limni tashkil etishning afzalliklari” mavzuida forum tashkil etildi.

Viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi professional ta'lim muassasalari, mutasaddi tashkilot va boshqarmalar mas'ullari, biznes va ishlab chiqarish korxonalari vakillari qatnashishdi.

Shuningdek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O’zbekistondagi vakili, Savdo-sanoat palatasi, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari vakillari ishtirok etishdi.

Forumni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad – viloyatdagi professional ta'lim muassasalarida bir paytning o’zida ham o’qish, ham ishlash imkonini beruvchi dual ta'lim bo’yicha o’quvchilar qabuli ko’rsatkichini yuksaltirish, bu tizimning professional ta'lim muassasalari va ish beruvchi korxonalar uchun afzallik jihatlarini muhokama qilish, ilg’or xorijiy amaliyot namunalarini mahalliy sharoitga moslashtirish, shuningdek, dual ta'lim bo’yicha ish boshlagan korxonalar tajribasini ommalashtirishdir.

Bugungi forumda dual ta'lim yaxshi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Germaniya tajribasidan keng foydalanish muhimligiga e'tibor qaratildi, Germaniya dual ta'limining o’ziga xos jihatlari, mamlakatimizda bu tizimni joriy etish bo’yicha huquqiy asoslarning mavjudligi, ish beruvchilar uchun afzallik jihatlari muhokama qilindi.

Misol uchun, dual ta'lim zamirida nisbatan arzon ishchi kuchi, mutaxassislar orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyati, kadrlar qo’nimsizligiga barham berish, o’quvchilar qabul jarayoni va ta'lim dasturlarining ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi kabi muhim jihatlar mujassam.

Ishchan ruhda o’tgan Forum yakunida viloyatdagi 50 dan ortiq korxona-tashkilotlar va ta'lim muassasalari o’rtasida dual ta'limni joriy etish bo’yicha shartnomalar imzolandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram