Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Adolat va xolislik – bosh mezon

 2018-07-21 10:41:00    68

PDF yuklash
Chop etish


Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish huquqining qonunchilik asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi mustahkamlab qo’yilgan.

Ushbu talablar O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi qonunida yanada o’z aksini topdi.

Ushbu qonun muxtaram Prezidentimizning “Bundan buyon odamlar quruq gap so’zlarga ishonmaydi. Pirovard maqsadimiz - xalqimizni rozi qilish. Biz o’zimizga yuklatilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirsak, ularni muammo va masalalarini joyida o’rganib, hal etsak albatta xalqimiz bizdan rozi bo’ladi” degan ezgu g’oyani amalda ro’yobga chiqarish borasida barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirishda muhim qadam bo’ldi.

Qonun ijrosi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4904-sonli farmoni va PQ-2721 sonli qarorlari qabul qilinib, ular bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashdagi aholining kundalik kayfiyati bilan bog’liq bo’lgan masallarini echimiga yanada yaqindan munosabatda bo’lib, ularni echishga ijobiy yondoshishga doir qator o’zgartishlar kiritildi.

Qonunning asosiy yangiliklardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarorlari asosida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonalaridir. Ular qisqa davr mobaynida aholining murojaat etishi va muammolarining echimi uchun asosiy ishonchli manbaalarga aylanib ulgurdi.

         Viloyat hokimligiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 12 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushib, ular ijro uchun taalluqli tashkilotlarga yuborilib, bajarilishi ta’minlandi.          

Viloyat hokimining Xalq qabulxonalarida o’tayotgan qabullari davomida  joriy yilning 6 oyi davomida 932 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning  vakillarilari qabul qilinib, ular tomonidan bildirilgan ariza va shikoyatlar belgilangan tartibda taalluqli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ko’rib chiqilmoqda.