Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MUROJAATLAR JOYIDA O’RGANIB CHIQILMOQDA

 2018-07-21 14:49:39    68

PDF yuklash
Chop etish


         O’zbekiston Respublikasi Prezidentininig PQ-3182 sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining 1-sektori tarkibiga kiruvchi Farg’ona, Marg’ilon shaharlari. Qo’shtepa, Yozyovon, Farg’ona, So’x tumanlari aholisining xonadonlarida yurib kamchiliklarni aniqlash, aholini qiynab turgan muammolarini ijobiy echimini topish maqsadida joriy yilda mahallalar bo’ylab uyma-uy yurish jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan fuqarolar tomonidan ko’tarilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqib, zarur hollarda joyni o’zida qonuniy tushuntirishlar berilmoqda. Joriy yilning 6 oyi davomida yuqoridagi shahar tumanlarning 700 dan ziyod xonadonlarida ishchi guruh a’zolari bo’lishib, oilalarga kirishlar davomida 1401 ta muammolar aniqlanib, ulardan 720 tasining ijobiy hal etilishi ta’minlandi.

         Jumladan, 1-sektor raxbari, viloyat hokimi Sh.M. G’anievning
2018 yil 26 may kungi Farg’ona shahar shtabida o’tkazilgan qabulida 2-gurux nogironi G.Qodirovaning, unga tayinlangan nogironlik guruxidan norozi bo’lib qilgan murojaati bo’yicha Farg’ona shaxar 7-sonli oilaviy poliklinika tomonidan qayta ko’rikdan o’tkazilib, hujjatlari TMEKka belgilangan guruhni qayta ko’rib chiqish uchun taqdim etildi. Qayta o’rganish davomida TMEK tomonidan unga 2020 yilgacha 1-gurux nogironligi tayinlandi.

         Quva tumani Bo’ston ko’chasida doimiy ro’yxatda turib, Farg’ona shahar, 102-uy, 4-xonadonda vaqtincha yashovchi Mirzaqulova Nargizaning o’zini
3-guruxdan 2-guruhga, otasi Mirzaqulov Ne’matni sog’lig’ini ko’rib chiqish to’g’risidagi ishchi guruhga qilgan murojaati belgilangan tartibda o’rganib chiqilib, uning otasiga muddatsiz davrga 1-gurux nogironligi tayinlandi.

         Toshloq tumani, Sadda qishlog’idagi aholi xonadonlarida o’tkazilgan suhbatlar davomida Afsona ko’chasida yashovchi fuqaro A.Akramovning murojaatiga asosan Terak tagi mahalla fuqarolar yig’ini, Tokzor ko’chasidagi 96-uyga nisbatan viloyat “Ermulkkadastr” davlat korxonasi Toshloq tumani filiali tomonidan o’lchov ishlari bajarilib, kadastr hujjatlari tayyorlab berildi.

         Farg’ona shahar, Ismoilov ko’chasi,13-uyda yashovchi X.Rustamovning murojaati inobatga olinib, fuqaroga pasport olib berildi.

Marg’ilon shahar, Fabrika ko’chasida yashovchi Maxmudovga, Marg’ilon shahar, Ulug’bek nomli ko’chada yashovchi B.Fatxullaevga, Qo’shtepa tumani, Qoraqushchi qishlog’idan R.Yuldashevalarga nogironlik aravachalari etkazib berildi.