Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining tahlil natijalari

 2018-10-14 14:51:42    72

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligiga 2018 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan to’g’ridan-to’g’ri 5793 ta murojaat kelib tushdi. Bu ko’rsatkich 2017 yilning 9 oyi davomida 6922 tani tashkil etgan bo’lib,
1129 taga kamaygan. Bu murojaatlarning 2944 tasi yozma murojaatlar, 155 tasi elektron murojaatlar, 2710 tasi og’zaki murojaatlar hisoblanadi.

Kelib tushgan murojaatlarni shahar, tumanlar misolida tahlil qilinganda, eng ko’p murojaatlar Farg’ona shahri (1278 ta), Oltiariq
(431 ta), Farg’ona tumani (431 ta), Marg’ilon shahri (422 ta), Qo’qon shahri (394 ta), Quva tumani (331 ta), Rishton tumani (312 ta) hisobiga to’g’ri kelmoqda.

Sohalar kesimida eng ko’p murojaatlar uy-joy va er bilan ta’minlash bo’yicha 1191 ta, tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha 391 ta, uy-joylarni ta’mirlash bo’yicha 348 ta, ish haqi va imtiyozlar bo’yicha 300 ta, moddiy yordam masalasida 244 ta, kommunal soha bo’yicha 200 ta, qurilish masalalari bo’yicha 165 ta, oilaviy munosabatlar masalasida 145 ta murojaatlar kelgan.

Shuningdek, viloyatda axolining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bevosita bartaraf etish maqsadida viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari tomonidan sayyor va onlayn qabullar o’tkazilib, qabullar davomida 2283 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko’rib chiqildi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyati va shahar, tuman Xalq qabulxonalarida o’tkazilgan qabullar davomida 1093 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilinib, ular tomonidan ko’tarilgan murojaatlarning 45,6% ijobiy hal etildi.

O’z navbatida, shahar, tuman hokimliklari tomonidan o’tkazilgan
509 ta shaxsiy va sayyor qabullar davomida 4880 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko’rib chiqildi.