Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining tahlil natijalari

 2018-07-15 14:54:34    89

PDF yuklash
Chop etish


2018 yilning 6 oyi davomida Farg’ona viloyati hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan 4349 ta murojaat kelib tushgan bo’lib, shundan 2185 tasi yozma murojaatlar, 97 tasi elektron murojaatlar,
2067
tasi og’zaki murojaatlarni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich 2017 yilning
1-yarim yilligida 4573 tani tashkil etib, 224 taga kamaygan.

Kelib tushgan murojaatlarning 3450 tasi nazoratga olinib, shundan 1655 tasi yoki 38 % ijobiy hal etildi.

Bu murojaatlarning 1500 tasi (34,5%) viloyat hokimligi apparat xodimlari, 2032 tasi (46,7%) viloyat boshqarmalari, 784 tasi (18%)  shahar, tuman hokimliklari tomonidan o’rganib chiqildi.

Eng ko’p murojaatlar Farg’ona shahri (910 ta), Marg’ilon shahri
(322 ta), Oltiariq tumani (319 ta), Farg’ona tumani (318), Qo’qon shahri
(281 ta), Quva tumani (264 ta), O’zbekiston tumani (196 ta) va Uchko’prik tumani (179 ta) hokimliklari hisobiga to’g’ri kelmoqda.

Sohalar kesimida murojaatlar tahlil qilinganda, uy-joy va er olish masalasida 942 ta, din masalalari bo’yicha 342 ta, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida 292 ta, ish haqi masalasida 272 ta, moddiy yordam masalasida 165 ta murojaatlar kelib tushgan.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyati va shahar, tuman Xalq qabulxonalarida o’tkazilgan qabullar davomida 932 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilinib, ular tomonidan ko’tarilgan murojaatlarning 49,6% ijobiy hal etildi.

Shuningdek, axolining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bevosita bartaraf etish maqsadida viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari tomonidan sayyor va onlayn qabullar o’tkazilib, qabullar davomida
1731 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko’rib chiqildi.

O’z navbatida, shahar, tuman hokimliklari tomonidan o’tkazilgan
241 ta shaxsiy va sayyor qabullar davomida 3050 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko’rib chiqildi.