Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘zA: Yangi qurilgan yo‘l 250 ming nafardan ortiq aholining uzogini yaqin qiladi

×

 2019-04-18 18:33:12    62

PDF yuklash
Chop etish



Fargona viloyati Fargona tumanida Oqbilol – Yambaraq avtomobilg’ yo‘li yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

 

Mamlakatimizda bugungi kunda inson manfaatlarini tahminlash ustuvor vazifaga aylagan bo‘lib, odamlar bilan muloqot qilish, ularni qaynayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Bir necha yillar davomida CHimyon, Mindon, Qo‘rgontepa, Xonqiz kabi qishloqlarda yashovchi aholi tuman markazi – Vodilga borishda 70-80 kilometr yo‘l bosib, Fargona shahri orqali ketishga majbur bo‘lardi. Qolaversa, jamoat transportlari uchun ham turli qiyinchiliklar va ovoragarchiliklar yuzaga kelardi.

Bugun bunday muammolar o‘z yechimini topdi. Yo‘lsozlar tomonidan Oqbilol va Yambaraq qishloqlari o‘rtasida CHimyon bilan Vodilni boglovchi 8 kilometr yo‘l qisqa muddatda qurib bitkazildi. Mazkur yo‘l qurilishiga 21 milliard so‘m mablag sarflandi. Bu 30 kilometrlik yo‘l masofasini qisqartirib, odamlarning yo‘l xarajatlarini kamayishiga xizmat qiladi. Eng asosiysi, kunlik qariyb 1,5 soat vaqtini tejaydi. SHuningdek, yangi qurilgan yo‘l Oltiariq, Rishton tumanlaridagi 250 mingdan ortiq aholining ham uzogini yaqin qilishga xizmat qiladi.

Mazkur yo‘lni foydalanishga topshirish marosimi katta shodiyonaga aylandi. Unda tuman aholisi, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

– Odamlarning ogirini yengil, olis manzilini yaqin qilish ham savobli ish, – deydi CHimyon qishlogilik Husanboy ota Qurbonov. – Har kuni tuman markaziga ishga, o‘qishga, shifoxonaga va boshqa turli yumush bilan qatnaydigan aholi yoki tuman markazidan CHimyonga boradigan fuqarolar uchun bu yo‘lning qurilgani katta ish bo‘ldi.

Tadbirda Fargona viloyati hokimi SH. Ganiev so‘zga chiqdi.