Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KASB MAHORATI OShIRILMOQDA

 2017-05-11 15:44:51    80

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon  qurilish kasb-hunar kollejida 4-respublika “Kasb mahorati” tanlovi o’tkazildi.

Tanlovning ochilish marosimida  “KNAUF”  kompaniyasining  MDH davlatlararo  rahbari F.Zattsinger,  “Knauf Gips Buxara” MChJ  korxonasi rahbari D.Deripalko, kompaniyaning  resurs  markazi boshlig’i S.Saidrasulov, O’rta maxsus  kasb-hunar ta’limi markazi  mutaxassisi  Shohista Mahsudova   o’quvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon bo’lishi  va faolligiga ko’maklashuvchi  ta’lim muhitini yaratishda tanlov muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida so’z yuritdi.  Tadbir davomida “Qurilish pardozlash ishlari  ustasi” kasbi bo’yicha  V.Elizarova muallifligida tayyorlangan  “Sinch qoplamali konstruktsiyalarni montaj qilish texnologiyasi. Amaliyot” o’quv qo’llanmasining  taqdimoti bo’lib o’tdi.  

    Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning nazariy va amaliy bilimlari sinovdan o’tkazildi. Birinchi o’rin Farg’ona viloyati,  2-o’rin  Buxoro viloyati, 3-o’rin Andijon viloyati kasb-hunar kolleji jamoalariga nasib qildi.

 Qirguli sanoat va qurilish kasb-hunar kollejida ham “Mahoratli ishlab chiqarish ta’limi ustasi va iqtidorli shogird” ko’rik-tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Unda mazkur tanlovning viloyat bosqichlarida qatnashib, g’oliblikni qo’lga kiritgan 14 nafar o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

           Tanlov natijasiga ko’ra birinchi o’ringa Marg’ilon qurilish kasb-hunar kolleji o’quvchisi Abubakr Husanov sazovor bo’ldi. Ikkinchi o’rinni Qashqadaryo viloyatidagi Kitob kommunal xo’jaligi kasb-hunar kolleji o’quvchisi Shahzod Boymurodov qo’lga kiritgan bo’lsa,  uchinchi o’rin Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kolleji o’quvchisi Umarjon Qalandarovga nasib etdi.