Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ENG YAXSHI TADBIRKORLAR, FERMERLAR, HUNARMANDLAR

×

 2017-05-11 15:43:55    120

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkaziladigan an’anaviy ko’rik-tanlovning viloyat bosqichida o’z salohiyatlarini to’liq namoyon etishdi

 

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar o’z samaralarini bermoqda.

Xususan, milliy hunarmandchilik, tadbirkorlik va fermerlik harakatini rivojlantirish hamyurtlarimizning nafaqat daromad manbai, farovon hayoti omili, shu bilan birga tadbirkorlik sohasidagi qobiliyatlarini namoyon etuvchi muhim mezonlardan biriga aylandi. Yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko’rik-tanlovining bu boradagi ahamiyati beqiyosdir.

O’tgan yillar davomida tobora yangicha ruh va kayfiyatda tashkil etilayotgan mazkur ko’rik-tanlov viloyatimizda ham yuqori salohiyatli, tashabbuskor, istiqbolli loyihalarni tadbirkorlar, hunarmand va fermerlarni kashf etayotgani barchamizni behad mamnun etadi.

2017 yilning 3 may kuni bahor tarovatidan yashnab, o’z malohati va jozibasi, go’zalligini ko’z-ko’z etayotgan Farg’ona shahrida ushbu nufuzli ko’rik-tanlovning viloyat bosqichi bayramona ruhda tashkil etildi. Milliy udumlarimizga ko’ra jarang sochgan karnay-surnay sadolari, mumtoz kuy-qo’shiqlar barchani shodon davraga chorladi. Viloyatdagi tegishli boshqarmalar, korxona-tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari, qo’shma korxonalar vakillari, shahar-tumanlardan tashrif buyurgan qatnashchilar viloyatimiz tadbirkor, hunarmand va fermerlari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazma faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ko’rgazmaga qo’yilgan keng assortimentdagi mahsulotlar soha vakillarining tadbirkorlik salohiyati nechog’li yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Farg’ona olimpiya zaxiralari kollejida “Tashabbus – 2017” ko’rik-tanlovining joriy yilgi shahar-tuman bosqichlarida ishtirok etgan 356 nafar tadbirkor, 247 nafar fermer, 308 nafar hunarmandlarning eng yaxshilari jamul-jam bo’lishdi.

Dastlabki bosqichda g’olib bo’lgan 55 nafar tadbirkor,  hunarmand va fermerlar o’z mahsulotlari ko’rgazmasi, samarali yo’nalishlarga ega biznes-loyihalarini yig’ilganlar e’tibori, nufuzli hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etishdi.

Tadbirda viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev ishtirok etib, ko’rgazmaga qo’yilgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi, viloyatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan tadbirkor, fermer va hunarmandlar bilan samimiy suhbatlashdi.

Farg’ona shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “Buloq AS” fermer xo’jaligi qishloq xo’jaligi sohasining ustuvor yo’nalishlari – quyonchilik va baliqchilikni rivojlantirish borasida keng qamrovli sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yaratilgan biznes-loyiha va ertangi kun istiqboli bilan bog’liq rejalar ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.

Fermer xo’jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishgan viloyat hokimi Shuhrat G’aniev faoliyat ko’lamini yanada rivojlantirish bo’yicha fermer xo’jaligi a’zolariga o’z tavsiyalari, amaliy takliflarini aytib o’tdi. 

  – Hozir kunda Evropadan keltirilgan naslli quyonlar, baliqchilikda sazan, amur, oq amur, Afrika laqqa baliqlarini parvarishlab, ularni ko’paytirish harakatidamiz, –  deydi fermer xo’jaligi rahbari Abduolim Ishbaev. – Ko’p tarmoqli xo’jaligimizda bog’dorchilik va sabzavotchilikdan ham daromad olishga erishyapmiz. Tarmoqlar faoliyatini kengaytirishimiz uchun o’z vaqtida soliq imtiyozlari, bank kreditlari berilayotgani bizni katta maqsadlarga chorlayapti.

Qo’qon shahridagi “Baraka mega biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati ayni vaqtda sport kiyimlari, qandolatchilik va konserva mahsulotlari ishlab chiqarish, choy mahsulotlarini bejirim idishlarga qadoqlashni yo’lga qo’ygan. Korxonada xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda choyni mahalliy sharoitda etishtirish tajribasini ham o’zlashtirilmoqda.

– Dastlabki natijalar chakki emas,-deydi korxonaning savdo bo’limi boshlig’i mutaxassisi Rahimjon Yusupov. –  Bu biznes-loyihani hayotga tatbiq etish orqali o’zimizda etishtiriladigan choy mahsulotlarini Markaziy Osiyo, MDH davlatlariga eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz. Natijada korxonada mavjud 85 ta ish o’rniga qo’shimcha 20 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Marg’ilon shahridagi Maryamxon G’iyosova rahbarlik qilayotgan “Maftuna halol baraka” xususiy korxonasida tikilayotgan maktab hamda kasb-hunar kolleji, akademik litseylar o’quvchilariga mo’ljallangan  kiyim-kechaklar o’zining bejirimligi va sifati, arzonligi bilan xaridorgir hisoblanadi. Tadbirkor yildan-yilga o’z faoliyatini rivojlantirishda bankning moliyaviy ko’magiga tayanib ish tutayotgani korxonada yangi ish o’rni ko’payishiga mustahkam zamin yaratyapti.

Oltiariq tumanidan tashrif buyurgan yakka tartibdagi tadbirkor Kamoliddin Omonovning ham kelajak bilan bog’liq reja-maqsadlari e’tiborga sazovordir. U o’z faoliyatini 2012 yili yo’lga qo’ygan bo’lib, hozirgi kunda 15 turdan ortiq zamonaviy eshik-rom, mebel mahsulotlarini ichki bozorga etkazib beryapti. Ayni paytda yosh tadbirkor faoliyat ko’lamini kengaytirish maqsadida tumanda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasi hududidan er maydoni olish harakatini boshlagan.  

– Oilaviy korxonamizda ishlab chiqarilayotgan oshxona, yotoqxona va mehmonxona uchun mo’ljallangan mebel jihozlari xaridorlarga juda ham manzur bo’lmoqda, – deydi Furqat tumanidagi “Furqatlik Ulug’bek orzusi” korxonasi rahbari, yosh tadbirkor Ulug’bek Topilov. –  Korxonamizdagi 6 nafar ishchining astoydil mehnati va xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida qisqa vaqtda samarali natijalarga erishdik. Bu yil tanlovning tuman bosqichida “Eng yaxshi tadbirkor” yo’nalishida faxrli  I-o’rin bilan taqdirlandim. “Tashabbus-2017”ning viloyat bosqichida qatnashib, yangi yutuqlarga erishishni o’z oldimga asosiy maqsad sifatida belgilaganman.

Milliy hunarmandchilik – ota-bobolarimizdan meros boqiy qadriyat. U istiqlol sharofati bilan qayta qadr topdi va rivojlandi. Bu borada xalq amaliy san’ati vakillariga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlarning ahamiyati beqiyos. Milliy an’analarini e’zozlab kelayotgan usta-hunarmandlar faoliyati ham tanlovda o’z e’tirofini topdi. Misol uchun, toshloqlik o’ymakor usta Muhiddinjon Ismoilov, qo’qonlik usta-kandakor Foziljon Abidov, Marg’ilon atlaschilar sulolasi vakili Nurmuhammad Valiev va boshqalarning ijodiy ishlarini tanlov qatnashchilari va tashkilotchilari katta qiziqish bilan kuzatdilar.

– Bir vaqtlar mehnatimiz namunalarini ko’rgazmalarga olib chiqish naryoqda tursin, ularni emin-erkin sotishga ham cho’chirdik. Hozir esa sharoit tamomila ijobiy tomonga o’zgardi, – deydi tanlov qatnashchisi, qo’qonlik usta-kandakor Foziljon Abidov. – Usta-shogird an’analariga tayanib mehnat qilyapmiz. Mahsulotlarimiz xorijda ham xaridorgir.

“Tashabbus-2017” ko’rik-tanlovi viloyat bosqichining “Eng yaxshi tadbirkor” yo’nalishi g’olibi sifatida Marg’ilon shahridagi “Muhammad Salom Omina” xususiy korxonasi rahbari Abdurahmon Yuldashev e’tirof etildi. “Eng yaxshi fermer” yo’nalishida Rishton tumanidagi “Ixtiyor SMIK” fermer xo’jaligi rahbari Mo’’tabarxon Ahmedova birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. “Eng yaxshi hunarmand” yo’nalishida g’oliblik rishtonlik usta-kulol Shohrux Bozorboev I-o’rin sohibi bo’ldi.

Shuningdek, ko’rik-tanlov yakunida “Eng faol tadbirkor ayol”, “Eng namunali soliq to’lovchi”, “Eng yaxshi yosh tadbirkor”, “Eng ko’p ish o’rni yaratgan tadbirkor”, “Eng ko’p eksportni amalga oshirgan tadbirkor” kabi qo’shimcha nominatsiyalar bo’yicha ham eng yaxshilar aniqlandi.

G’oliblarga diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Ko’rik-tanlov g’oliblari “Tashabbus-2017” ning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonamiz.