Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


2019 yil 14 noyabr kuni Viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Toshpo'latov Farxodjon Murodovich tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi

×

 2019-11-23 11:20:59    85

PDF yuklash
Chop etish



Farg'ona "AZOT" AJ majlislar zalida viloyatdagi mutassadi boshqarma va tashkilot raxbarlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ochiq muloqot tarzida o'tgan davra suxbatida viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Farxodjon Toshpo'latov ochdi va olib bordi. Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularga kredit, yer ajratish va boshqa sohalarda sharoitlarning yaratilishida mahalliy hokimliklar, soliq va bank tizimi zimmasidagi vazifalar haqida gapirib o'tdi.

Viloyat hokimining tadbirkorlarga qilgan Murojaatnomasi o'rganib chiqilib, atroflicha tushuntirib berildi. Shuningdek viloyatda "Kichik biznes va tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash  va rivojlantirish" bo'yicha 9 ta ustivor yo'nalishda viloyatda qilingan ishlar bo'yicha mutassadi  boshqarma va tashkilot raxbarlari xisobotlari eshtildi.


Oshkora va samimiy muloqot tarzida kechgan tadbirda shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o'rinbosarlari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, bandlikni ta'minlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan o'zgartish va yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar to'g'risida ma'lumot berildi. Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar, keltirilgan muammoli masalalar o'rganilib, ularning echimi bo'yicha tegishli tashkilotlar biriktirildi.


Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i O.Atabaev, viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Jo'raev, viloyat Davlat Soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M.Mamathonov, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo bosh boshqarmasi boshlig'i 1-o'rinbosari D.G'aniev, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig'i T.Qunduzov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i urinbosari V.Tojiev, Viloyatdagi Bosh vazir qabulxonasi mudiri I.Turg'unov, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i O.Xomidov Er tuzish va Davlat Kadastr Boshqarmasi boshligi urinbosari B.Yarmatov so'zga chiqib, bugungi kunda tadbirkorlar bilan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida gapirib o'tishdi.

Bundan buyon “taraqqiyot va farovonlikka faqatgina tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash orqali erishish mumkin” degan g'oya, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarini tezkor hal etish har bir rahbar, har bir idora faoliyatining asosiy qoidasiga aylanishi uchrashuvda alohida ta'kidlandi.

Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati