Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OXIRATINGIZ OBOD BO’LSIN!

×

 2020-03-26 14:49:33    129

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston xalq shoiri, ustoz Oxunjon Hakimovning vafoti haqidagi xabar farg’onaliklarni chuqur qayg’uga soldi. Farg’ona ijod maktabi, o’zbek adabiyoti va jurnalistikasi ildizi baquvvat azim chinoridan judo bo’lganligi barchamizning qalbimizni larzaga keltirdi.

Oxunjon Hakimovning yuzlab shogirdlari, uning ijodidan bemisl ma'naviy quvvat olgan millionlab ixlosmandlari uchun bu katta yo’qotishdir. Ustozning o’zbek adabiyoti va matbuoti rivojiga qo’shga beqiyos hissasi tarix zarvaraqlariga bitildi, undan minnatdor qalblarga mangu muhrlandi.

Ustoz ilk ijodini, jurnalistik faoliyatini Farg’ona viloyatining “Kommuna” (hozirgi “Farg’ona haqiqati”) gazetasi tahririyatida boshlab, keyinchalik haqiqiy katta ijodkor sifatida elga tanildi, hurmat-e'tibor topdi. Uning “Ilhom vodiysi”, “Qo’llarim ko’ksimda”, “Tafakkur boqiy”, “Vatan qasidasi”, “O’shal kun kelur”, “Ko’zlaringni o’zi qaro”, “Qizlar hayol sursalar” singari o’nlab she'riy to’plamlari, zamonamiz qahramonlari haqidagi bir qator ocherk, lavha, reportaj va suhbat-maqolalari o’quvchilarni ezgulikka, mehr-oqibatga chorlovchi, yuksak badiiy asarlar sifatida qadrlanadi.

Birgina “Dunyo” she'ri asosida yaratilgan qo’shiq butun YEvropani qamrab olib, bir necha tillarda kuylanganligining o’zi Oxunjon Hakimov ijodi, iste'dodiga berilgan yuksak baho va xalqaro e'tirof edi.

Oxunjon Hakimov qo’shiqnavis shoir, dramaturgiya sohasida ham o’z mahorat maktabiga ega. Uning adabiyot va jurnalistika rivojiga qo’shgan munosib hissasi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2006 yilda O’zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Bag’rikeng, mehribon ustoz Oxunjon Hakimovning mazmunli umr yo’li, sermahsul ijodiy faoliyati, odamiylik fazilatlari biz uchun hamisha ibrat maktabi bo’lib qoladi.

Farg’ona viloyati hokimligi, viloyat faollari nomidan Oxunjon Hakimovning oila a'zolariga, qarindosh-urug’lariga chuqur ta'ziya bildiramiz.


Shuhrat G’ANIYEV,
Farg’ona viloyati hokimi.

 

Lolaxon MUROTOVA,
O’zbekiston Qahramoni.

 

Topvoldi XOLDOROV,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi.