Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OXIRATINGIZ OBOD BO’LSIN!

×

 2020-04-12 05:27:14    117

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston xalq shoiri, xalqimizning ardoqli ijodkori Anvar Obidjonning vafoti haqidagi xabar farg’onaliklar qalbini chuqur qayg’uga soldi.

Zamonaviy o’zbek adabiyoti va jurnalistikasi zabardast vakilidan judo bo’lganligi barchamiz uchun unutilmas iztirob bo’ldi.

U 1947 yil 8 yanvarda Farg’ona viloyatining Oltiariq tumaniga qarashli Poloson qishlog’ida tug’ilgan. ToshDU (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Anvar Obidjon hamisha ijodida ardoqlab o’tgan Farg’ona va farg’onaliklar, uning serqirra ijodidan bahramand bo’lgan xalqimiz uchun katta yo’qotishdir. Bir umr adabiyot rivojiga sadoqat bilan xizmat qilgan sevimli ijodkorimizning adabiy merosi, o’zbek matbuoti, televideniyesi va radiosi uchun qo’shgan munosib hissasi tarix zarvaraqlariga manguga muhrlanishi shubhasizdir.

Anvar Obidjon ilk ijodiy faoliyatini Oltiariq tumanining “Paxta uchun” (hozirgi “Davr ovozi” ) gazetasi tahririyatida boshlab, viloyat teleradiokompaniyasi, “Yangi asr avlodi”, “Cho’lpon” nashriyotlarida, “Mushtum”, “Yosh kuch” jurnallarida, O’zbekiston teleradiokompaniyasida samarali faoliyat ko’rsatdi.

Kitobxonlar sermahsul ijodkorning “Ona YEr”, “Bahromning hikoyalari”, “Ey, yorug’ dunyo...”, “Olovjon va uning do’stlari”, “Ketmagil”, “Masxaraboz bola”, “Akang qarag’ay Gulmat”, “Juda qiziq voqea”, “Dahshatli Meshpolvon”, “Erliklar”, “Bulbulning cho’pchaklari”, “Tanlangan she'rlar”, “Ajinasi bor yo’llar” singari ko’plab asarlarini sevib o’qiydi.

Ardoqli ijodkorimiz bolalar va kattalar uchun ham ko’plab qissa, she'r, doston, hikoya, pesalar yozdi. Anvar Obidjonning o’nlab she'rlari mashhur san'atkorlarimiz tomonidan kuyga solindi, bir necha asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirildi.

Taniqli ijodkor 1997 yili “Shuhrat” medali, 2011 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. 1999 yili “O’zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoniga sazovor bo’lgan.

Samimiy, kamtarin va mehribon ustoz Anvar Obidjonning mazmunli umr yo’li, serqirra ijodiy faoliyati, odamiylik fazilatlari xalqimiz uchun hamisha ibrat maktabi bo’lib qoladi.

Farg’ona viloyati hokimligi, viloyat faollari nomidan Anvar Obidjonning oila a'zolari, qarindosh-urug’lari hamda barcha yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etamiz.


Shuhrat G’ANIYEV,
Farg’ona viloyati hokimi.

 

Lolaxon MUROTOVA,
O’zbekiston Qahramoni.

 

Topvoldi XOLDOROV,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi.