Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SESSIYADA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASI MUHOKAMA QILINDI

×

 2020-04-18 17:26:12    94

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 18 aprel kuni oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi videoselektor tarzida bo’lib o’tdi.

Unda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan 60 nafar deputatdan, 57 nafari qatnashdi. Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

        1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 14 aprel kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash hajmini ikki barobarga oshirish bo’yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat sektor rahbarlarining har bir tuman (shahar) kesimida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, mavjud muammolar va ularni hal etish choralari yuzasidan taqdimotlarni eshitish va muhokama qilish.

        2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish to’g’risida”gi PF-5980-sonli Farmoni to’g’risida.

        3. O’zbekiston Respubilkasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashlarining 2020 yil 13 apreldagi “Dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qo’shma qarori to’g’risida.

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala - ya'ni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 14 aprel kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash hajmini ikki barobarga oshirish bo’yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan hududlar kesimida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, mavjud muammolar va ularni hal etish choralari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi Sh.G’aniyev axborot berib o’tdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan viloyat prokurori U.Qosimov, IIB boshlig’i D.Toshxo’jayev, davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Sh.Nisbatxonovlar o’zlariga biriktirilgan sektorlar kesimida axborot berdilar. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati a'zolaridan tuzilgan Respublika Ishchi guruh a'zosi, senator I.Sultonov, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi boshlig’i S.Aminjonovlar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Sessiyada ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube