Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA YANA 4 NAFAR BEMOR SOG’AYDI

×

 2020-04-18 17:49:33    117

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali koronavirus infektsiyasidan tuzalayotgan bemorlarni tantanali kuzatish tadbirlarida shifokorlar tomonidan ularga anvoyi guldastalar taqdim etilayotganini kuzatib bormoqdamiz.

Shu yilning 18 aprel kuni Farg’ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida ushbu kasallikdan butunlay sog’aygan yana 4 nafar bemorlarni kuzatish marosimi o’zgacha tarzda tashkil etildi. Bu gal shifokorlar bemorlarga emas, balki bemorlarning yaqinlari fidoyi shifokorlarga guldastalar tuhfa etdilar. O’zaro mehr-muhabbat, hurmat va ehtirom ramzi sifatida bunday ezgu an'ana tadbir qatnashchilariga o’zgacha xushkayfiyat baxsh etdi.

Dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olgan bir sharoitda yurtimizda ushbu xastalikdan tuzalganlar safi tobora kengayib borayotgani quvonarlidir. Xususan, Farg’ona viloyatida ham malakali shifokorlar va sohaning barcha fidoyi xodimlari sa'y-harakati tufayli o’nlab oilalar yana to’kis baxt shukuhidan bahramand bo’lmoqdalar.

Farg’ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infektsiyasidan tuzalgan 4 nafar bemor viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Bu darddan forig’ bo’lganlarning uch nafari Toshkent shahri va Andijon viloyatidan charter reys orqali Turkiyadan Farg’onaga olib kelingan hamda Oltiariq tumanidagi faxriylar sanatoriysida karantinga olingan edi. Ularda koronavirus infektsiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.

Bir nafar farg’onalik bemor (bu yigit Yozyovon tumanidan) koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo’lib, kasallikni yuqtirgandi. Bemorlarning uch nafari erkak va bir nafari ayol. Ularning eng yoshi kattasi 59 yoshda bo’lsa, eng kichigi 22 yoshda.

- Muhtaram Prezidentimizga, Farg’ona viloyati hokimligi va sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislariga cheksiz minnatdorchilik bildiraman, - deydi Andijon viloyatidan bo’lgan onaxon. – Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar bu kasallikdan tuzalishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Biz davolanish jarayonida biror-bir qiyinchilikka uchramadik. Shunday mehribon Yurtboshimiz, g’amxo’r davlatimiz borligidan behad mamnunmiz.

Yozyovonlik navqiron yoshdagi hamyurtimiz uchun ham noxush kunlar ortda qoldi. U reabilitatsiya muddati jarayonida ma'lum vaqt davomida tibbiy nazoratda bo’lgach, qadrdon oilasi davrasiga qaytishi mumkin.

- Kasallik xuddi bir yomon tushdek ortda qolganidan xursandman,-deydi bu yigit biz bilan suhbatda. – Bunday sinovli kunlarda seni oq yuvib, oq taragan ota yurtning qadri, kuch-qudratini yaqqol his etarkansan. Prezidentimiz, har bir yurtdoshimizning mehri va e'tibori bizga beqiyos quvvat baxsh etdi. Barchasi uchun katta rahmat.

Ta'kidlash joizki, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu kunga qadar 2 nafar bemor sog’ayib chiqandi. Shu tariqa viloyatda koronavirus infektsiyasidan tuzalganlar soni 6 nafarga yetdi.

 

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube