Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xоʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash hajmini ikki barobarga oshirish bоʻyicha bir qator kechiktirib bоʻlmaydigan vazifalar tоʻgʻrisida

×

 2020-04-18 18:24:25    89

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xоʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash
hajmini ikki barobarga oshirish bоʻyicha bir qator kechiktirib bоʻlmaydigan vazifalar tоʻgʻrisida

Bu borada Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 14 aprel kuni bоʻlib оʻtgan videoselektor yigʻilishida respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xоʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash hajmini ikki barobarga oshirish bоʻyicha bir qator kechiktirib bоʻlmaydigan vazifalar belgilab berildi.

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini havotirga solayotgan, xatto katta davlatlarning ham iqtisodiyotiga zarba berayotgan “Koronavirus pandemiyasi” xalqimizni matonati, irodasi, imon-eʼtiqodini imtihon qilib turibdi.

Shunday ogʻir va murakkab sharoitda Muhtaram Prezidentimiz mazkur dahshatli ofatni oldini olish, xalqimizni talofatsiz olib chiqish, barcha sohada mahsulot yetishtirishni barqarorligini taʼminlash yuzasidan qator Farmon va qarorlar qabul qilayotganligi yurtdoshlarimizning ruhini, kayfiyatini yanada kоʻtarib, ertangi yorugʻ kunlarga umid va ishonchini mustahkamlamoqda.

Viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xоʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash hajmini ikki barobarga oshirish bоʻyicha viloyat sektor rahbarlarining hisobotini eshitib, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib, xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi

QАROR QILАDI:

1. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 14 aprel kuni bоʻlib оʻtgan videoselektor yigʻilishida respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xоʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash hajmini ikki barobarga oshirish bоʻyicha belgilab berilgan vazifalari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Fargʻona viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xоʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash hajmini ikki barobarga oshirish bоʻyicha bir qator kechiktirib bоʻlmaydigan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat sektor rahbarlarining har bir tuman (shahar) kesimida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bоʻlgan ehtiyoji, mavjud muammolar va ularning hal etish choralarini yuzasidan

Gʻaniyev Shuhrat Madaminovich – viloyat hokimi, 1-sektor rahbari;

Qosimov Ulugʻbek Berdiqobilovich – viloyat prokurori, adliya katta maslahatchisi, 2-sektor rahbari;

Toshxo’jayev Doniyor Baxtiyarovich - viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektor rahbari;

Nisbatxonov Shukurullaxon Xolmatxonovich - viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbarlarining taqdimotlari tasdiqlansin.

3. Viloyat hududlarida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish bоʻyicha viloyat chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Viloyatda dehqon hоʻjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish ishlarini tashkil etish yuzasidan deputatlik nazoratini оʻrnatish maqsadida xalq deputatlari viloyat kengashining doimiy komissiyalari va deputatlarini hududlarga biriktirish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Xalq deputatlarni tuman (shahar) Kengashlarining tegishli qarorlari bilan:

hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish bоʻyicha tuman (shahar) chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi;

dehqon hоʻjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish ishlarini tashkil etish yuzasidan deputatlik nazoratini оʻrnatish maqsadida xalq deputatlarni tuman (shahar) Kengashlari deputatlarini mahalla fuqarolar yigʻiniga biriktirilganligi kоʻrsatib оʻtilsin.

6. Barcha tuman (shahar) hokimliklari va sektor rahbarlari:

bir kun muddatda har bir mahalla kesimida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bоʻlgan extiyojini aniqlash va uni yetishtirish uchun dehqon hоʻjaliklari hamda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, hududlarda asalarichilik, baliqchilik, pillachilik va boshqa yоʻnalishlar asosida aniq manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.

Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijrosini nazorat qilishda hududlardagi senatorlar va mahalliy kengash deputatlarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, shuningdek, dehqon hоʻjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish ishlarini tashkil etishda mahalliy kengashlar nazoratini оʻrnatish tavsiya etilsin.

7. Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlari deputatlariga har bir mahalla kesimida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bоʻlgan extiyojini aniqlash va uni yetishtirish uchun dehqon hоʻjaliklari hamda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, hududlarda asalarichilik, baliqchilik, pillachilik va boshqa yоʻnalishlar asosida tasdiqlangan aniq manzilli chora-tadbirlar rejasini bajarilishida deputatlik nazoratini оʻrnatish tavsiya etilsin.

8. Viloyat hokimligi Аxborot xizmati (M.Obidov), Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyatdagi boshqa nodavlat tele- va radiokanallar hamda bosma nashrlar, tuman (shahar) hokimliklari muassisligidagi gazetalarida hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xоʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash hajmini ikki barobarga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan turkum kоʻrsatuvlar va maqolalar tayyorlab borish tavsiya etilsin.

9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni оʻz zimmamda qoldiraman.


Kengash raisi,
viloyat hokimi Sh.Gʻaniyev