Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QAROR LOYIHASI

×

 2020-04-18 18:57:09    115

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashlarining 2020 yil 13 apreldagi “Dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
Qoʼshma qarori toʼgʼrisida


Joriy yilning 8 aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʼlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʼishlab oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida qator muhim vazifalar belgilab berildi.

Mamlakatimizda bugungi kunda aholi tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi hamda fuqarolar bandligini taʼminlash boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilishini taqozo etmoqda.

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqarayotgan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish, bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olib, tomorqalardan avvalgi yillarga qaraganda ikki barobar koʼp hosil olish oʼta dolzarb vazifa boʼlib qolmoqda.

Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan boʼlgan ichki talabni toʼliq qanoatlantirish, aholi daromadlarini oshirish va uning farovonligini yanada yuksaltirish borasida ishga solinmagan katta zaxira va imkoniyatlar mavjud. Bu sohadagi ishlar natijadorligini oshirish uchun esa taʼsirchan parlament va jamoatchilik nazoratini yoʼlga qoʼyish muhim ahamiyatga egadir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalq deputatlari viloyat Kengashi

QАROR QILАDI:

1. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashlarining 2020 yil 13 apreldagi “Dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qoʼshma qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida 8 aprel kuni oʼtkazilgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʼlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʼishlangan yigʼilishda belgilab berilgan vazifalar bugungi kunda dolzarb ekanligi inobatga olinsin.

3. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining mazkur qoʼshma qarori bilan:

dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʼiston Respublikasi hamda viloyatlardagi tumanlar va shaharlarda aholiga oʼz tomorqasidan samarali foydalanishda har tomonlama yordam berish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolaridan iborat Ishchi guruhining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi hamda ularning asosiy vazifalari belgilab berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

4. Quyidagilar:

viloyatda dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

aholiga oʼz tomorqasidan samarali foydalanishda har tomonlama yordam berish maqsadida xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlari deputatlaridan iborat viloyat Ishchi guruhining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalarini xududlarga biriktirish jadvali 3-ilovaga muvofiq;

5. Quyidagilar Ishchi guruhning (M.Sayfitdinova va M.Salimova) asosiy vazifalari etib belgilansin:

tuman (shahar) hokimliklari, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimlari, Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududiy boʼlimlariga aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etishda amaliy yordam berish;

Oʼzbekiston Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlaridan viloyatda maqsadli foydalanishini tashkil etishga koʼmaklashish;

dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish boʼyicha takliflar tayyorlash;

dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan oʼrganilishi hamda muhokama qilinishida amaliy yordam koʼrsatish;

dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish boʼyicha taʼsirchan deputat va jamoatchilik nazoratini tashkil etishga koʼmaklashish;

kam taʼminlangan, qarovchisi boʼlmagan oilalarga ilgʼor fermerlarni biriktirish, tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va u yerlarni parvarishlashda yordam berilishi hamda bu maqsadda mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablagʼlarning toʼgʼri sarflanishi ustidan samarali parlament nazorati oʼrnatilishini tashkil etish;

dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarining yerlaridan unumli foydalanilishini taʼminlashga qaratilgan, shu jumladan tomorqa yerlari qarovsiz tashlab qoʼyilishiga yoʼl qoʼymaslik hamda ularga ekin ekish zarurligi toʼgʼrisida targʼibot ishlarini olib borish;

yerlardan samarali foydalanayotgan tomorqa yer egalarini ragʼbatlantirish borasidagi mavjud mexanizmlarning samarali qoʼllanilishini tashkil etishga koʼmaklashish;

dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʼjaligi ekinlarini joylashtirish, parranda va chorva mollarini parvarish qilish, mevali daraxtlar ekish ishlarini tizimli tashkil etish hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;

bu sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.

6. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi raislari – tuman (shahar) hokimlari bir kun muddatda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining doimiy komissiyalari va deputatlarini hududlarga (mahalla fuqarolar yigʼinlariga) biriktirib, ularning asosiy vazifalarini belgilab bersin.

7. Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputatlari:

dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalalarini oʼrganilishi hamda muhokama qilinishini tashkil etsin.

dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish boʼyicha taʼsirchan deputatlik nazoratini oʼrnatsin.

kam taʼminlangan, qarovchisi boʼlmagan oilalarga ilgʼor fermerlarni biriktirish, tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va u yerlarni parvarishlashda yordam berilishi hamda bu maqsadda mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablagʼlarning toʼgʼri sarflanishi ustidan samarali deputatlik nazorati oʼrnatsin.

8. Xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylikni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi (N.Аsqarova) Аdliya boshqarmasi (B.Xasanov), Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Gʼ.Аbdulhakimov) bilan birgalikda tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilmaganligi uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish yuzasidan bir hafta muddatda takliflar ishlab chiqsin hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlariga kiritsin.

9. Xalq deputatlari viloyat Kengashining Аgrar, suv xoʼjaligi masalalari va ekologiya boʼyicha doimiy komissiyasi (M.Sayfutdinova) Аdliya boshqarmasi (B.Xasanov), Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Gʼ.Аbdulxakimov) bilan birgalikda aholining oʼzi yashab turgan tomorqasidan hamda daladagi yerlardan ajratilgan tomorqasidan samarali foydalanishini tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari loyihalariga taklif ishlab chiqsin hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlariga kiritsin.

mutasaddi boshqarma va tashkilotlar hamda tuman (shahar) hokimliklarini dehqon xoʼjaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotini har chorakda eshitsin, shuningdek, hududlarda mahalliy kengashlar bilan birgalikda muntazam muhokamalar oʼtkazsin.

10. Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga:

dehqon xoʼjaliklari bilan hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanmayotgan yer egalari bilan tushuntirish ishlarini olib borish, mavjud muammolarni oʼrganish hamda ularni bartaraf etish choralarini koʼrib borsin;

dehqon xoʼjaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishiga hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga doir masalalarni xalq deputatlari viloyat va tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida muhokama qilib borsin.

11. Viloyat hokimligi Аxborot xizmati (M.Obidov), Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan birgalikda viloyat teleradiokompaniyasi hamda viloyatdagi boshqa nodavlat tele- va radiokanallar hamda bosma nashrlarda viloyatda dehqon xoʼjaliklari yerlari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan turkum koʼrsatuvlar tayyorlash va maqolalar chop etilishini tashkil etib borish tavsiya etilsin.

12. Ushbu Qoʼshma qaror tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarining navbatdagi sessiyasida tasdiqlash uchun kiritilsin.

13. Mazkur Qoʼshma qarorning ijrosini nazorat qilishni oʼz zimmamda qoldiraman.        

14. Ushbu Qoʼshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.



Kengash raisi,
viloyat hokimi Sh.Gʼaniyev