Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHAVKAT YUNUSOV: PREZIDENTIM CHAQIRIG’IGA JAVOBAN 100 TA OILA ISHLI BO’LDI

×

 2020-04-21 16:14:43    144

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko’rsatishining barqarorligini ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlarini qo’llab-quvvatlashga muhim e'tibor qaratilyapti. Mart oyida “Avtooyna” aktsiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va eksportni samarali yo’lga qo’yganligi uchun “Jentra” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Bugun esa “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat ko’rsatayotgan “Admiral group” mas'uliyati cheklangan jamiyati ham ana shunday rag’batga ega bo’ldi. Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev mazkur jamiyatga yangi avtomashinaning kalitini topshirdi.

“Admiral group” mas'uliyati cheklangan jamiyati 2008 yilda tashkil etilgan bo’lib, loyiha uchun 5,1 million dollarlik investitsiya sarf etilgan. Un mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada 155 nafar kishi ish bilan ta'minlandi. O’tgan yilda 105 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsa, joriy yilning o’tgan davrida 72,1 milliard so’mlik mahsulot tayyorlandi, 850 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksporti amalga oshirildi. Ayni vaqtda korxona to’la quvvat bilan ishlamoqda.

-Kecha Prezidentimizning “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini yo’lga qo’yish tashabbusini ilgari surgani muhim voqelik bo’ldi, -deydi jamiyat rahbari Shavkat Yunusov.-Bugungi karantin davrida bu kabi xayrli ishlar aholini qo’llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Biz ham atrof hududlardagi 100 nafar ishsiz, yordam va ko’makka muxtoj aholi ro’yxatini tuzib chiqdik. Ular uch oy muddatga korxonamizga ishga olindi. Agar bu ish joylari ularga ma'qul kelsa, shartnomani yana uzaytirishni rejalashtirganmiz. Otalarimiz hatto kichik bir sartaroshxonaga ham ega bo’lmagan. Bugun davlatimiz rahbari yaratib bergan imkoniyatlar bois katta mulkdor egasiman. Prezidentimiz chaqirig’iga “labbay” deb javob berib xalqimizning og’ir kunlarida saxovat ishlariga hissa qo’shish aslida bizning burchimiz bo’lishi kerak. Shu orqali qanchalab oilalar daromad ko’radi, hayotidan rozi bo’ladi axir.

2021 yilda qo’shimcha 3,8 million dollarlik yangi loyiha tadbiq etilib, ishlab chiqarish quvvatlarini 72 ming tonnadan 126 ming tonnaga yetkaziladi, yana 100 nafar ish o’rinlari yaratiladi. Tadbirkorning bu kabi ezgu-sa'y harakatlariga viloyatdagi boshqa tadbirkorlar ham qo’shilishmoqda.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube