Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“SAXOVAT VA KO’MAK” UMUMXALQ HARAKATI CHO’NG’ARAGA YETIB KELDI

×

 2020-04-23 18:48:33    144

PDF yuklash
Chop etish


Ramazon duolar ijobat bo’ladigan oy. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan shu qutlug’ oy arafasida savobli va oliyjanob ish boshlandi. Yurtimiz bo’ylab “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati yo’l oldi. Tadbirkoru fermerlar, yirik-yirik korxonalar birinchi kundan atrof mahalla, qishloq, ko’p qavatli uylardagi kam ta'minlangan oila, ishsiz ayollar va yoshlarni aniqlab, o’z jamoalariga qabul qilyaptilar. Ularni ish bilan ta'minlab, amaliy ko’mak berishmoqda.

Bugun “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati Rishton tumanining Qirg’iziston Respublikasi Botken viloyati hududidagi anklav Cho’ng’ara qishlog’iga yetib bordi.

Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev un va yog’ ortilgan avtomashinalar bilan cho’ng’araliklarni xabar olgani keldi.

Shuhrat G’aniyevni chegara hududida Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov kutib oldi. Ular ikki davlat Prezidentlarining oliy darajadagi muloqotlarida belgilab berilgan o’zaro qo’ni-qo’shnichilik, iqtisodiy va ma'naviy sohalardagi hamkorlik yanada mustahkamlanaveradi, dedilar.

- Koronavirus pandemiyasi boshlangan chog’da O’zbekistonning Qirg’izistonga, Farg’ona viloyatining Botken viloyatiga dezinfektsiya va yakkalanish – sanitariya vositalaridan beg’araz ko’rsatgan yordami uchun xalqimiz chuqur minnatdorchilik izhor qilmoqda, - dedi Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov. – Do’st boshiga ish tushganda bilinadi. O’zbek-qirg’iz xalqi azaldan mustahkam do’stdir.

Shundan so’ng un va yog’ ortilgan mashinalar Cho’ng’ara ko’chalari bo’ylab yo’l oldi.

- Prezidentimiz ko’rsatayotgan e'tibor va g’amxo’rlik tufayli biz o’zimizni hech qachon anklav holatdagi qishloq deb bilmaymiz, - dedi mahalla fuqarolar yig’ini raisi Murodjon Sotvoldiyev. – Mana bugun shak kunida qishlog’imizdagi 300 dan ziyod xonadonning har biriga bir qopdan un va yog’ hayriya qilib tarqatilyapti.

Shu kuni viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev Cho’ng’ara qishlog’i aholisi vakillari bilan uchrashib, koronavirus pandemiyasi sharoitidagi vaziyatni muhokama qildi. Cho’ng’araliklarga bundan buyon ham har tomonlama ko’mak berib borilaveradi, dedi hokim.

Qishloq aholisi vakillari duoga qo’l ochib yurtimizga tinchlik, omonlik, davlatimizga ravnaq tiladilar, dunyo xalqlari boshiga kelgan balo tezroq ko’tarilishini, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga yaratgan uzoq umr, yanada ulug’ martaba bersin deya duo qildilar.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube