Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“SAXOVAT VA KO’MAK” UMUMXALQ HARAKATI SO’XDA

×

 2020-04-25 16:19:13    98

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev bugun So’x tumanida bo’lib, koronavirus pandemiyasi sharoitida bu yerda tashkil etilgan ishlar bilan tanishdi. Aholi vakillari bilan uchrashib, barcha masalalarda suhbatlashdi. G’aznob mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan chog’i kam ta'minlangan oilalar yashaydigan xonadonlarga kirib ularning sharoitini o’rgandi. Ayrim xonadonlarda tomorqa yer uchastkalari bo’la turib undan foydalanmayotganlaridan taassuf bildirdi.

Mahaliy hokimlik rahbarlariga bironta ham tomorqasiga ekin ekilmagan uy qolmasligi lozimligini, bunda xonadon egalariga urug’, ko’chat ta'minotida yordam berish lozimligini aytdi.

  - Endi aholining o’zi ham bir parcha bo’lsada, ixtiyoridagi So’xning quvvatli yeri qadriga yetib yil davomida kamida 2-3 marta hosil olishni o’rganishi kerak, - dedi hokim.

Shu kuni So’x tumani aholisi uchun viloyat hokimi Sh.G’aniyev 5 ming qop un va 5 ming dona 5 litrli o’simlik yog’i olib kelgan edi. Uni tumanning barcha mahallalariga taqsimlab bepul tarqata boshladilar.

- So’x xalqi muhtaram Prezidentimizdan cheksiz minnatdor. Bizga hamisha mehr bilan e'tibor qaratadilar. Xatto bugungidek, tashvishli kunlarda ham bizni eslab, shuncha oziq-ovqat mahsulotlari yuboribdilar. Biz davlatimiz yanada kuch-qudratli bo’lsin, xalqimiz hayoti bundanda farovonlashsin, yurtboshimiz sog’-salomat, uzoq umr ko’rsinlar deya duodamiz, - deydi G’aznob MFY raisi Xaliljon Boboyev.

Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev shu bugun Shoximardon qishlog’iga ham borishi kutilmoqda.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube