Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 375 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHOHIMARDON – O’ZBEKISTONDAGI KORONAVIRUS YETIB BORMAGAN QISHLOQ

×

 2020-04-25 17:37:12    123

PDF yuklash
Chop etish


Ramazonning shu qutlug’ kunlarida Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev Shohimardon qishlog’i aholisi bilan uchrashdi.

- Bilingki, Sizlar O’zbekiston Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyevning doimiy e'tiboridasizlar, - dedi hokim shohimardonliklar bilan suhbat chog’ida. – Koronavirus degan kasallik Siz, tog’liklarga yetib kelmaganining o’zi katta yutuq. Zero, bu qishloq ahli ham qalban, ham amaliyotda poklik bilan barchaga ibrat bo’lib kelayotgani boisidir. 

Shohimardon qishlog’idagi deyarli barcha dam olish uylari 2019-2020 yillarda ta'mirlandi. Yangitdan yana ko’plab zamonaviy me'moriy yechim va shart-sharoitdagi uy mehmonxonalari, dam olish chorbog’lari qurildi. Agar koronavirus pandemiyasi bo’lmaganida aprel-may oylarida bu yerda turizmga bag’ishlangan xalqaro anjuman o’tkazilishi rejalashtirilgandi.

- Qishlog’imiz obod bo’lib ketdi, - deydi Shohimardon MFY raisi Ikromjon Abduxoliqov. – Xatto dastlabki jarroxlik va tug’ruqxonasi bo’lgan shifoxona, madaniyat maskani, kasanachilikka asoslangan sanoat tarmoqlari tashkil etildi. Biz davlatimiz va Prezidentimiz g’amxo’rliklarini har nafasda xis qilib turamiz.

Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev Shohimardon aholisi vakillari bilan uchrashuv chog’ida sayyohlik tizimi koronavirus tufayli zarar ko’rgan bo’lsada, bu sohada mehnat qilayotganlar moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlanishini aytdi.

Shundan so’ng hokim bilan olib kelingan 2300 qop un, 2300 ta 5 litrli yog’ Shohimardon va Yordon qishlog’i aholisiga bepul tarqatildi.

Yordon MFYda 572 xonadon bo’lib, unda 789 oila 2341 nafar fuqaro yashaydi.

- Agar bir xonadonda 2-3 oila bo’lsa, 2-3 qopdan un, 2-3 tadan 5 lirli yog’ bepul berildi, - deydi Qobiljon ota Kengashev. – Ko’nglimizni to’q qilib, salkam 1000 qop un va shuncha yog’ni qishlog’imizdagi xalq omborxonasiga zaxiraga qoldirishdi. Zarurat tug’ilganda ehtiyojmand oilalarga berilar ekan. Bunday g’amxo’rlikni ota-onadan ko’rish mumkin edi. Prezidentimiz xalqimizga, biz shohimardonliklarga haqiqiy otalik qilyaptilar.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube