Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI HOKIMINING FARMOYISHI

×

 2020-04-26 16:48:48    281

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil 25 aprel № 138F Farg’ona shahri

Mamlakatimiz va butun dunyoda davom etayotgan pandemik vaziyatda o’quvchi-talabalarning ta'til davridagi vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev joriy yilning yil 3 aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida xalqimiz va ayniqsa, yoshlarga murojaat qilib, “Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o’tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o’zlashtiring. Kitob o’qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang”, deb ta'kidladilar.

Pandemik vaziyat davrida o’quvchi-talabalar hamda ularning ota-onalarining bo’sh vaqtlarini yanada mazmunli o’tkazish, oilalarda kitobxonlik muhitini uyg’otish, yoshlarimizni mumtoz adabiyot vakillari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ona tiliga bo’lgan muhabbatini yanada kuchaytirish va yozma nutq madaniyatini oshirish maqsadida,

1. Viloyat hokimining 2020 yil 8 apreldagi 119-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning 10 aprel kunidan buyon “Kitobxonlik oyligi” doirasida “Ona tili – millat g’ururi” insholar tanlovi, “Kitobxon o’quvchi”, “Mumtoz g’azallar bilimdoni”, “Kitobxon ota” va “Kitobxon ona” ko’rik-tanlovlarining tuman (shahar) hududiy bosqichlari o’tkazilayotganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

2. Xalq ta'limi boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining karantin davrida viloyatda “Kitobxonlik oyligi” doirasida o’tkazilayotgan tanlovlarga o’quvchi-yoshlarning faol ishtiroki, ularning qiziqishi, talab va istaklaridan kelib chiqib, “Aniq fanlar bilimdoni”, “Tarix bilimdoni”, “Tabiiy fanlar bilimdoni”, “Chet tillari bilimdoni”, “Yosh dasturchi” va “Farg’onam tarixi” ko’rik tanlovlarini qo’shimcha tarzida o’tkazish, ushbu ko’rik tanlovlarning tuman (shahar) bosqichi g’oliblarini kitoblar jamlanmasi hamda viloyat bosqichi g’oliblarini esa qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlash haqidagi takliflari ma'qullansin.  

3. O’quvchi-yoshlarning mustaqil ta'lim olishini qo’llab-quvvatlash, ularning bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, olib borilayotgan “Online” ta'lim jarayoni samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Aniq fanlar bilimdoni”, “Tarix bilimdoni”, “Tabiiy fanlar bilimdoni”, “Chet tillari bilimdoni”, “Yosh dasturchi” va “Farg’onam tarixi” ko’rik-tanlovlarining tuman (shahar) hududiy bosqichlari “Online” tarzda joriy yilning 27 aprel kunidan 10 may kuniga qadar, viloyat bosqichi esa joriy yilning 11-15 may kunlari o’tkazilsin.

4. “Aniq fanlar bilimdoni”, “Tarix bilimdoni”, “Tabiiy fanlar bilimdoni”, “Chet tillari bilimdoni”, “Yosh dasturchi” va “Farg’onam tarixi” ko’rik-tanlovlari to’g’risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Viloyat hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash bo’yicha maslahatchisi S.Tongotarova, Xalq ta'limi boshqarmasi (F.Saxibova), O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi (Akbarov), Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi (Aslonov) bilan birgalikda bir kun muddatda Xalq ta'limi boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo’limlari mudirlari rahbarligida ushbu tanlovlarning tuman (shahar) va viloyat bosqichini baholash komissiyalarini tuzsin.

Bunda komissiyalar (viloyat, tuman va shahar) tarkibi tanlov yo’nalishlaridan kelib chiqib, 5-7 nafar sohani yetuk va malakali pedagoglari, tarixchi-olimlar, dasturchilardan iborat bo’lib, viloyat, tuman (shahar) xalq ta'limi bo’limlarining tegishli buyruq yoki qarorlari bilan tuziladi.

6. Viloyat komissiyasi (Saxibova, Aslonov):

Nizomga ko’ra “Kitobxonlik oyligi” doirasida o’quvchilar o’rtasida o’tkaziladigan “Aniq fanlar bilimdoni”, “Tarix bilimdoni”, “Tabiiy fanlar bilimdoni”, “Chet tillari bilimdoni” va “Farg’onam tarixi” ko’rik-tanlovlari “Online” tarzda har bir yo’nalish bo’yicha va sinf kategoriyalari inobatga olingan holda viloyat teleradiokompaniyasi orqali (yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali) to’g’ridan-to’g’ri o’zaro savol-javob tarzida o’tkazilishini inobatga olib, savollar to’plamini tayyorlasin;  

“Yosh dasturchi” tanlovida yosh dasturchilar o’zlari yaratgan onlayn so’rov, anketa, test, savol-javob va onlayn ko’rik-tanlovlar o’tkazishga mo’ljallangan loyiha-dasturlari bilan qatnashishini inobatga olib, maxsus elektron pochta tashkil etgan holda, loyiha-dasturlarni ushbu maxsus elektron pochta orqali qabul qilish va baholash jarayonlarini tashkil etsin.

Tanlov komissiyasiga va baholash jarayonlariga Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialining ko’ngilli talaba va o’qituvchilarini jalb etish (masofadan turib qatnashishgan holda) tavsiya etilsin.   

7. Viloyat hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash bo’yicha maslahatchisi S.Tongotarova viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari M.Obidov, viloyat teleradiokompaniyasi (B.Obidjonov) bilan birgalikda bir kun muddatda “Aniq fanlar bilimdoni”, “Tarix bilimdoni”, “Tabiiy fanlar bilimdoni”, “Chet tillari bilimdoni”, “Yosh dasturchi” va “Farg’onam tarixi” ko’rik-tanlovlarini namoyish etish reja-jadvalini ishlab chiqsin. 

Bunda, reja-jadvalni o’quvchilar va ota-onalar uchun qulay bo’lgan vaqtlarda, shuningdek, Respublika markaziy televideniyalari orqali namoyish etilayotgan “Online” darslar hamda viloyat hokimining 2020 yil 

8 apreldagi 119-sonli farmoyishiga asosan o’tkazib kelinayotgan ko’rik-tanlovlarning vaqti hisobga olingan holda (bir vaqtda bo’lib qolmagan holda) ishlab chiqilishiga e'tibor qaratsin.

8. Viloyat televideniyasi (Obidjonov) ushbu ko’rik tanlovlarni o’tkazish vaqtlari va tartiblari hamda natijalarini qiziqarli ijtimoiy rolik va reklamalar orqali aholiga yetkazish choralarini ko’rsin.  

Mazkur qo’shimcha tarzida tashkil etilayotgan “Online” ko’rik tanlovlarni tashkil etish va kunlik namoyishini olib borish maqsadida alohida rukun tashkil etsin hamda ko’rsatuvlarga sohani yetuk va malakali pedagoglari, tarixchi-olimlar va dasturchilarni jalb etib borish choralarini ko’rsin.

9. Belgilansinki, Respublika maxsus komissiya tomonidan karantin davri tugaganligi e'lon qilingunga qadar, ushbu tanlovlar qo’shimcha tarzda o’tkazib boriladi.

Ushbu ko’rik-tanlov g’oliblari ham ko’rik tanlov bo’lib o’tgan kunning o’zida (yoki keyingi kundan kech bo’lmagan muddatda) viloyat televideniyasi va tegishli ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilib boriladi va taqdirlab boriladi.

10. Viloyat hokimining 2020 yil 8 apreldagi 119-sonli farmoyishiga asosan o’tkazib kelinayotgan ko’rik-tanlovning viloyat, tuman (shahar) bosqichlari g’oliblarini munosib taqdirlash bilan bog’liq xarajatlar uchun mahalliy byudjet hisobidan 500,0 mln so’m mablag’ ajratish bo’yicha viloyat hokimining 2020 yil 21 apreldagi 131-sonli hamda ___ apreldagi __-sonli farmoyishlari qabul qilinganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin. 

11. Ushbu ko’rik tanlovlarning tuman (shahar) bosqichini o’z vaqtida va adolatli o’tishiga tuman (shahar) hokimlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash bo’yicha maslahatchilari hamda tuman (shahar) xalq ta'limi bo’limi mudirlari shaxsan mas'ulligi belgilab qo’yilsin.

12. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Obidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan birgalikda viloyat teleradiokompaniyasi, viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari hamda internet saytlari, boshqarma va tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Kitobxonlik oyligi” doirasida qo’shimcha tarzda o’tkaziladigan ushbu ko’rik-tanlovlarni keng jamoatchilik yetkazish va natijalarini yoritib borish tavsiya etilsin.

13. Viloyat komissiyasi (Tongotarova) har hafta yakuni bilan “Kitobxonlik oyligi” doirasida o’tkazilayotgan barcha ko’rik-tanlovlar natijalari yuzasidan viloyat hokimligiga axborot kiritib borsin.

14. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o’rinbosari F.Qosimov zimmasiga yuklansin. 


Viloyat hokimi Sh.M.G’aniyev