Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


EL G’AMIGA DARDDOSHLIK

×

 2020-06-22 18:33:25    99

PDF yuklash
Chop etish


    Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev Qo’shtepa tumanida o’tkazilgan sayyor qabulda 20 nafardan ziyod murojaatchilar bilan samimiy suhbatlashib, har bir murojaatchi ushbu muloqotdan mamnun bo’lib ketishiga erishish muhim ekanligini ta'kidladi.
- Bugun har bir rahbar odamlarning dardu tashvishi bilan yashab, barcha hayotidan rozi bo’lib, islohotlar samarasini o’zi va oilasi misolida ko’rishiga astoydil harakat qilishi kerak,-dedi viloyat rahbari. – Bu borada xalq ishonchiga sazovor bo’lish har birimiz uchun eng katta sharaf.

Tumanning Loyson MFYda yashovchi Obloyorjon Mirzahakimov o’g’li va kelinining oilasi kelajagidan biroz tashvishda. O’g’li tibbiy muolajalarga muhtojligi sababli ushbu masalada viloyat hokimidan amaliy yordam so’ragan otaning murodi hosil bo’ldi. Tuman tibbiyot birlashmasi mutasaddilari oila a'zolari davolanishini o’z nazoratiga oldi.



Shodlik MFYda yashovchi Dilnoza Erkinova hamda Langar MFYda istiqomat qiluvchi Mahfuza Oxunovalar tibbiyot kollejini tamomlagan. Ammo hozircha tibbiyot sohasida ishga joylasha olganlari yo’q. Sayyor qabuldagi muloqotdan so’ng bu ikki hamshira amaldagi qonunchilik me'yorlari asosida tuman tibbiyot birlashmasida ish boshlaydigan bo’ldi.



Orzugul Sagdiyevaning nogironlar uchun imtiyozli uy-joy olish, Sanobar Toshxo’jayevaga boquvchisini yo’qotganlik uchun moddiy yordam ajratish, Mo’sinjon Mirzayevning kasb kasalligi bo’yicha nogironlik guruhiga chiqishiga ko’maklashish singari masalalar shu joyning o’zida mutasaddilar ishtirokida ko’rib chiqish uchun tavsiya etildi.



Sarvarbek Oripov, Abdusattor Usmonov, A'zamjon Mirzayev, Gulabza Sayfuddinovalarning elektr energiyasi bilan bog’liq noreal qarzdorlik, ichki yo’llarni ta'mirlash, elektr energiyasi ta'minoti xavfsizligini ta'minlash maqsadida beton tayanch ustunlar o’rnatish, uy-joy kadastr hujjatini tiklash kabi masalalarda qilgan murojaati qisqa fursatda hal etildi. Tegishli mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan kerakli yo’l-yo’riq ko’rsatilib, amaliy tavsiyalar berildi.

- Viloyat hokimiga ikkita masalada murojaat qilib, mahalladoshlar mushkuli oson bo’lishiga erishdim,-deydi Loyson MFYda yashovchi Abdusattor Usmonov. – Birinchi masala hududdagi Dilkash, Inoqlik va Sarbon ko’chalarini asfaltlashtirish bo’lsa, ikkinchisi salkam 8 ming aholi yashovchi MFYdagi sobiq qishloq vrachlik punktini qayta ishga tushirish masalasi edi.



Viloyat hokimining sayyor qabuli el g’amiga darddoshlik ruhida o’tib, uchrashuvda hech bir murojaat e'tibordan chetda qolmadi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube