Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 406 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHUHRAT G’ANIYEV: YER OLTINGA, SUV ESA ZARGA TENG!

×

 2020-07-13 17:45:06    75

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi takroriy ekin maydonlarida mehnat qilayotgan yoshlardan xabar olmoqda.

Farg’ona viloyatida kambag’al oilalar sonini kamaytirish, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo’lishiga ko’maklashish bo’yicha zarur choralar ko’rilmoqda. Xususan, joriy yilda qishloq xo’jaligi sohasidagi mavjud imkoniyatlar ishga solinib, 18 ming oila kambag’allikdan chiqariladi.

YEr -rizq-ro’z manbai, u minglab oilalarni boqishi mumkin. Pandemiya ta'sirida ishsiz qolgan aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida o’tgan davrda tumanlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ekish uchun yer maydonlari ajratib berildi. Anorchilik, uzumchilik, malinachilik kabi kooperatsiyalar tashkil etilib, minglab yoshlarning bandligini ta'minlashga erishildi.

Ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam berish bilangina ularni kambag’al qatlamdan chiqarish istiqbolli dastur emas. Xalqimizda qo’ldan berganga qush to’ymas degan, naql bor. Ularga daromad topish uchun manba yaratib berilsa, tadbirkorlik ishtiyoqi uyg’otilsa maqsadga tezroq yetiladi. Ayni kunlarda fermer xo’jaliklarining g’alladan bo’shagan yer maydonlari bir qismiga takroriy ekin ekish uchun yoshlarga berilayotgani katta imkoniyatdir. Bu maydonlar ekin ekish uchun tayyor holatga keltirilib, urug’liklar ham bepul tarqatilyapti.

Farg’ona tumanidagi Yambaroq qishlog’i hududidagi qarovsiz yerlar o’zlashtirilib, kam ta'minlangan, “temir daftar”ga kiritilgan va ishsiz qolgan oilalarga ekin maydoni sifatida berilmoqda. Mart oyida 5,5 gektar yer maydonida yoshlarning malinachilik kooperatsiyasi tashkil qilindi. Ayni kunlarda ular malina bilan birga, yana g’alladan bo’shagan maydonda mosh, loviya parvarishini ham olib boryaptilar.

Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev mazkur kooperatsiyada bo’lib, ish jarayoni bilan tanishdi.

-Bir sotix yerdan 3-4 million so’mgacha daromad olish mumkin, -deydi viloyat rahbari. - Mazkur ajratilgan yerlar uchun hech qanday soliq, ijara to’lovi yo’q. Asosiy maqsad shunday yerlardan takroran foydalanib, yoshlarning bandligini ta'minlashdir. Har bir qarich yer oltinga, suv esa zarga teng. Bu yerda ishlayotgan yoshlarimizda mehnatsevarlik fazilatlari shakllanadi, ota-onasiga yordam berishni o’rganadi.

Chimyon qishlog’ining “Zilol” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Bahodir Toshbekovlar oilasi “temir daftar”ga kiritilgan. Oila boshlig’i yollanma ishchi sifatida 7 nafar jonni boqyapti. Viloyat hokimi 200 bosh parrandani bu oilaga beg’araz yordam sifatida tuhfa qildi.

“Satkak” mahalla fuqarolar yig’inidagi “Tafakkur fayz gulshani” fermer xo’jaligining g’alladan bo’shagan yer maydoni 102 nafar ehtiyojmand oilalarga ajratib berildi. Ayni kunlarda bu yerda mosh parvarishlanmoqda. Viloyat hokimi bu yerda ekin rivojini ko’zdan kechirib, dehqonchilik qilayotgan yoshlarga o’z tavsiyalarini berdi.

Qo’shtepa tumanida 2 ming 43 ta kambag’al oila ro’yxatga olingan. Ayni kunlarda 1 ming 234 ta xonadonlarga qishloq xo’jaligi mahsulotlari ekish uchun yer berildi. Markaziy Farg’ona hududida esa 560 gektar oborotdan chiqqan yerning o’zlashtirishi natijasida ko’plab oilalar daromadga ega bo’lishmoqda. Ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi va 151 nafar yigit-qizlarga 0,5 gektardan yer maydoni takroriy ekin ekish uchun biriktirildi.

Viloyat hokimi tumandagi “Sarmazor baxt zamini” fermer xo’jaligidagi takroriy ekin ekish uchun ajratilgan yer maydonidagi ekinlar  parvarishi bilan ham tanishdi. Bu yerdagi mosh ekinining rivojini ko’zdan kechirib, sug’orishdan so’ng yerga ishlov berilmagani sababli qatqaloq yuzaga kelganligini tilga oldi. Zudlik bilan kultivatsiya qilish uchun texnika ajratib, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga ko’rsatma berdi.

Viloyat rahbari Sh. G’aniyev shu yerda dehqonchilikning hadisini olgan mirishkor Obidjon Umarqulov bilan suhbatlashdi.

- Ilgarilari takroriy ekin ekkan kishi jinoyatchi bo’lardi, -deydi viloyat rahbari. –Odamlar yashirincha dala uvatlariga qo’shimcha  ekinlar ekardi. Bugun esa mana vaziyat umuman o’zgardi. G’alladan bo’shagan va foydalanishdan chiqqan yerlar qayta o’zlashtirilib, kam daromadli, ehtiyojmand oilalarga bo’lib berilyapti. “Tomorqa xizmati” ekin bilan bog’liq ishlarni o’z zimmasiga olib, yaqindan yordam ko’rsatyapti.

-O’zim erta bahorda tomorqamizdagi bir sotix yerga plyonka ostiga rediska ekaman, -deydi Shuhrat G’aniyev yoshlarga shaxsiy hayoti va oilaviy tomorqa tajribalari haqida hikoya qilar ekan.- Uni sotib, shu yerda bulg’ori yetishtirdim. Hozir uchinchi ekin - qalampir bor. Bir yilda kamida to’rt marta hosil olamiz. YEr  katta daromad manbai ekanligini barchamiz his etishimiz kerak.

Farg’ona viloyatining barcha tumanlarida g’alladan bo’shagan maydonlarda yetishtirilayotgan ekinlar nazoratdan o’tkazilyapti, zarur holatda agrotexnik yordam ko’rsatilmoqda. Ayni chog’da bo’sh qolgan yerlar yoshlar va kam ta'minlangan oilalarga biriktirilishi davom etmoqda.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube