Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI HOKIMI XAYRULLO BOZAROVNING “VILOYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARI IJROSI VA BOSHQA DOLZARB MASALALAR”GA BAG’ISHLANGAN KENGAYTIRILGAN VIDEOSELEKTOR YIG’ILISHIDA  QILGAN MA'RUZASI YUZASIDAN T YE Z I S L A R

×

 2020-09-29 21:37:57    69

PDF yuklash
Chop etish


·      2020-2021 yillarda viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash qaysi bir idoradan qat'iy nazar eng asosiy vazifaga aylantiriladi.

·      Viloyatda tadbirkorlar sonini ko’paytirish, yordam berish, kerak bo’lsa, oyoqqa turguncha yordamchi bo’lishimiz kerak. Bu ishlarni muvofiqlashtirish uchun viloyat hokimligi tadbirkorlik guruhi, biznes ombudsman, savdo-sanoat palatasi xodimlari birlashtiriladi. Malakali, zamonaviy kadrlar bilan to’ldiriladi va viloyat hokimligi tarkibi sifatida faoliyat boshlaydi va Davlat aktivlari boshqarmasi joylashgan binoda Tadbirkorlik uyi tashkil etiladi.

·      Sanoat va tarmoq klasterlari yanada rivojlantiriladi. Bunda korxonalararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va yirik korxonalar o’z atrofiga kichik korxonalarni birlashtirish natijasida to’liq ishlab chiqarish tsikli tashkil etiladi.

·      “Qo’qon erkin iqtisodiy zonasi” va kichik sanoat zonalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, 180 gektar bo’sh turgan loyihalarni salohiyatli xorijiy, mahalliy investorlarga berish orqali amaldagi 25 ta kichik sanoat zonalarini 76 taga etkaziladi. Ya'ni har bir sektor o’zining hududida Kichik sanoat zonasini tashkil etadi.

·      Qurilish sohasini rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida alohida e'tibor qaratiladi. Barcha hududlarda kommunikatsiyani hisob - kitob qilgan holda massivlar tanlab olinadi, yo’ldosh shaharchalarga aylantirish loyihalari ishlab chiqilib, ko’p qavatli uylar sonini yiliga 300 taga olib chiqiladi.

·      Sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini joriy etish maqsadida O’zbekistondagi darg’a futbol jamoalaridan bo’lgan “Neftchi” jamoasining avvalgi mavqei tiklanadi, jamoani “Qirguli” shaharchasidagi bazasi zamonaviy o’quv yig’ini bazasiga aylantiriladi hamda klub akademiyasi tashkil etiladi. “Istiqlol” futbol komandasini qo’llab-quvvatlash, bolalar va o’smirlar futbol maktabini ochish choralari ko’riladi, xorijiy trenerlar olib kelinadi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube