Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI O’ZBEKISTONNING KELAJAGI MAKTABDAN BOSHLANADI

×

 2020-09-30 21:48:32    106

PDF yuklash
Chop etish


   Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 1 oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi.  Bayram tadbirida soha fidoyilari, olimlar, parlament va hukumat vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, hududlardagi o’qituvchi, ziyolilar marosimni studiyalardan kuzatib bordi.

  Viloyat Tadbirkorlar markazida ustoz-murabbiylar Yurtboshimizning ta'lim fidoyilariga yo’llagan tabrigini hayajon bilan tingladilar. E'tirof etish joizki, bu yilgi tabrik murojaat tarzida bo’lib o’tdi.

– Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo’lsak, bu yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e'tirof etamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev tadbirga yig’ilgan o’qituvchi va ziyolilarga murojaatini boshlar ekan.

- Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak, - dedi Prezident. - Bu o’lmas meros hamisha yonimizda bo’lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag’ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta'lim tizimini ana shunday ruh bilan sug’orishimiz kerak.

 O’qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan imzolangan farmonga ko’ra, xalqimiz ozodligi va farovon hayotini ta'minlash yo’lida fidokorlik ko’rsatib, milliy ta'lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo’shgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani ma'lum qilindi.

   - Yurtboshimizning murojaati menga cheksiz faxr bag’ishladi, -deydi Qo’qon shahridagi 12-“Mehribonlik uyi” murabbiyi, “Shuhrat” medali sohibasi Ma'mura Mavlonova. - Bu yilgi pandemiya bilan bog’liq qiyin sharoitda biz ustoz, murabbiylar bor kuch-g’ayratimizni safarbar etgan holda an'anaviy hamda onlayn tarzida o’quvchilar qalbiga ilm-ma'rifat ulashmoqdamiz.

      Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov so’zga chiqib, joriy yilda viloyatimizda ta'lim sohasida erishilgan yutuqlar va rejalar  haqida gapirdi. Kirish imtihonlarida Oltiariq hamda Bag’dod tumanlaridagi maktab bitiruvchilarining 95 foizdan ortig’i oliy o’quv yurti talabasi bo’lgani, kelgusi yilda tuman, shaharlarning har birida o’ntadan tayanch maktablar tashkil etilishini  ta'kidlab o’tdi.

  Bayram munosabati bilan bir guruh ta'lim fidoyilari mamlakatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube