Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 203 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKORNING DARDI BILAN YASHASHIMIZ KERAK

×

 2020-11-30 17:55:34    78

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning tashabbusi bilan hududlarda jumladan, Farg’ona shahrida tashkil etilgan “Tadbirkorlar uyi”da amalga oshirilayotgan ishlardan ko’zlangan maqsad hudud farovonligini oshirish, aholi turmush tarzini yaxshilashdan iborat. Xududlarda tadbirkor sonini ko’paytirish, bor tadbirkorga ko’proq sharoit yaratish chunonchi, kommunal xizmat turlari, kredit masalasi, davlat va hukumat tomonidan qilinishi zarur bo’lgan boshqa masalalarni hal etishga ko’maklashishdan iboratdir.

Viloyat rahbari bilan uchrashuvga tadbirkorlik sub'ektlari yangi loyihalar, investitsiya kiritish taklifi bilan kelayotganliklari quvonarli, albatta. 

Bu galgi uchrashuvga 30 nafar murojaatchilar tashrif buyurishib, ular tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash va turlarini kengaytirish, ayollar va yoshlar uchun yuzlab yangi ishchi o’rinlari yaratish maqsadida qurilish uchun yer ajratish, agro va meva-sabzavot klaster tashkil etishga kredit va yer ajratish, sud–huquq tizimiga doir masalalar bo’yicha jami 35 ta taklif va mulohazalar bildirildi.

Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan bildirilgan barcha masalalar shu yerning o’zida tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va bank tizimi vakillari tomonidan qonuniy tarzda o’rganib chiqilib, ijobiy hal etildi.

Shu kunga qadar viloyat, shahar va tumanlardagi “Tadbirkorlar uyi”ga jami 1666 ta tadbirkorlik sub'ektlaridan turli masalalar bo’yicha murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 964 tasi ya'ni 59 foizi ijobiy hal etildi, 399 tasi ya'ni 25 foiz tadbirkorga kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek, 303 tasi ya'ni 16 foizi tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan o’rganilib, ularning yechimi bo’yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

Shundan viloyatga kelib tushgan jami 294 ta murojaatdan 149 tasi ya'ni 51 foizi ijobiy hal etildi, 83 tasi ya'ni 28 foizi tushuntirish berish orqali hal etilgan bo’lsa, 62 tasi ya'ni 21 foizi tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan o’rganilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning tadbirkorlar bilan an'anaviy qabuli Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da kelgusi haftaning dushanba kuni bo’lib o’tadi.  

Farg’ona viloyati hokimligi