Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON-QIRG’IZISTON: HAMKORLIK KO’LAMI KENGAYMOQDA

×

 2020-12-09 19:39:52    88

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onada O’zbekiston va Qirg’iziston Respublikasi chegara oldi viloyatlari hokimlari (vakolatli vakillari) kengashining uchinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Dastlab O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri o’rinbosari -investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Qirg’iziston Respublikasi bosh vazirining birinchi o’rinbosari Artyom Novikov o’rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda ko’p qirrali sheriklik masalalari, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalarda o’zaro aloqalarni kengaytirish bo’yicha istiqbolli choralar muhokama qilindi.

O’zbekiston chegaraoldi viloyatlari rahbarlari va Qirg’iziston hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari kengashining 3-yig’ilishida delegatsiyalar rahbarlaridan tashqari, O’zbekistonning Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari hokimlari, Qirg’izistonning Botken, Jalolobod va O’sh viloyatlaridagi hukumat vakolatli vakillari, shuningdek, ikki davlat vazirliklari va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda chegaraoldi hududlar o’rtasida barcha sohalarda hamkorlikni yo’lga qo’yish, savdo-iqtisodiy, investitsiyalar jalb etish, qo’shma korxonalar tashkil etish kabi muhim masalalarga alohida e'tibor qaratildi. 

Qirg’iziston Respublikasi bosh vaziri o’rinbosari Artyom Novikov O’zbekiston tomonidan qardosh mamlakatga koronavirus pandemiyasi sharoitida ko’rsatilgan gumanitar ko’mak uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, savdo–iqtisodiy hamkorlik joriy sinovli yilda ham o’tgan yilgi darajada saqlab qolingani, kelajakda esa bu ko’rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingani alohida ta'kidlandi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov hamda Qirg’iziston hukumatining chegaradosh viloyatlaridagi vakolatli vakillari ham so’z olib, iqtisodiy sohada hamkorlikni mustahkamlash borasida o’z fikr–mulohazalarini bildirishdi.

Joriy yilda birgina Farg’ona viloyati va qo’shni Qirg’iziston o’rtasida 127 million AQSh dollariga teng tovar aylanmasiga erishilgan. Bunda farg’onaliklar 100 million dollar hajmida mahsulot eksport qilgan bo’lsalar, Qirg’izistondan viloyatga 27 million dollarga teng mahsulot import qilindi. Mazkur ko’rsatkichlarni yanada oshirish uchun bugunga qadar faoliyat ko’rsatayotgan 14 ta qo’shma korxona soni kelgusi yilda yana beshtaga ortadi. 

Uchrashuv davomida savdo-sotiqni kengaytirish, transport-logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Qirg’iziston tomoni ko’mir, go’sht va go’sht mahsulotlari, qurilish xom–ashyosi taklifi bilan chiqqan bo’lsa, O’zbekistondan qishloq ho’jaligi mahsulotlari, yengil sanoat va boshqa o’nlab turdagi iste'mol tovarlari importi qirg’izistonliklar uchun muhim ekanligini bildirdi.

Shuningdek, muloqotda madaniy–gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ziyorat turizmini rivojlantirish, turistik marshrutlarni shakllantirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun “yo’l xaritasi”ni imzolash to’g’risida kelishuvga erishildi.

Delegatsiyalar uchrashuvi davomida Farg’ona viloyatidagi yirik investitsion loyihalar amalga oshirilgan korxona va muassasalarga tashrif uyushtirildi.

Farg’ona viloyati hokimligi