Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


AFV ETILGANLAR: OZODLIKNING QADRINI TUSHUNIB YETDIK

×

 2020-12-09 21:18:03    72

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosati natijasida qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat'iy o’tgan bir guruh fuqarolarga yana bir imkon berilmoqda. 

Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbarining farmoni bilan 104 nafar shaxsning afv etilgani ham bag’rikenglikdan dalolatdir.

Afv etilganlar orasida jami 9 nafar farg’onalik mahkumlar ham bo’lib, ularning 5 nafari o’z uylariga, oilasi bag’riga qaytarildi. Qolgan 4 nafar mahkumlarning esa jazo muddatlari qisqartirildi.

Albatta, ularning jamiyatga moslashuvini ta'minlash, har tomonlama yordam ko’rsatish dolzarb vazifalardan sanaladi.

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov viloyat sektor rahbarlari bilan birgalikda afv etilgan fuqarolarni qabul qilib, ularning ijtimoiy muammolari, kelgusidagi rejalari xususida suhbatlashdi. Ularga xalqimizga xos bag’rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, jamiyatda o’z o’rnini topishi, yuz berayotgan o’zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo’lishi lozimligini ta'kidladi.

Jazodan ozod etilganlar qilgan ishlaridan pushaymonliklarini ta'kidlab, bildirilgan ishonch uchun xalqimizga, hukumatimizga minnatdorlik bildirdi. Bundan buyon halol ishlab, oilasi va yurtimizga naf keltirishga va'da berdilar. 

Marg’ilonlik Zulfiqor Abdulazizov yoshlik qilib, noto’g’ri yo’lga qadam bosdi. U sodir etgan jinoyati uchun 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Davlatimizda amalga oshirilayotgan bag’rikenglik siyosati tufayli muddatidan avval o’z oilasi bag’riga qaytdi.

- Qilmishimdan juda ham pushaymondaman, - deydi u. - Ozodlikning qadrini tushunib yetdim. Hayotda har kim o’z o’rnini topishi, farzand sifatida elu yurtga nafi tegishi kerak. Men ham albatta, shunga harakat qilaman.

Viloyat hokimi mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma'naviy qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berib o’tdi.

Farg’ona viloyati hokimligi