Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Xalq deputatlari Fargʼona viloyat Kengashi QARORI

×

 2020-12-11 18:17:57    132

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil 7 dekabr №VI-XXII/116

2-Mirzo Ulug’bek saylov okrugi bo’yicha bo’shab qolgan o’ringa Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi deputati saylovini tayinlash to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6,24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi

Q A R O R  Q I L A D I :

1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi “COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 1033-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining mazkur qarori bilan “COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlanganligi inobatga olinsin.

3. Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasining bo’shab qolgan o’ringa 2021 yil 10 yanvar Yakshanba kuni saylov o’tkazish to’g’risidagi taklifi ma'qullansin.

4. 2-Mirzo Ulug’bek saylov okrugi bo’yicha bo’shab qolgan o’ringa xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati saylovi 2021 yil 10 yanvar Yakshanba kuni o’tkazilsin. 

5. Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashiga saylov o’tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi (E.Nuraliyev) bo’shab qolgan o’ringa bo’lib o’tadigan saylovni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizom hamda amaldagi qonunchilik asosida adolat va shaffoflikni ta'minlagan holda tashkil etilishini ta'minlasin.

6. Ushbu qaror Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashiga saylov o’tkazuvchi viloyat saylov komissiyasiga yuborilsin.

7. Mazkur qaror matbuotda e'lon qilinsin.

Sessiya raisi  T.Xoldorov.