Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYATI KENGASHI SESSIYASIDA

×

 2020-12-13 00:45:11    82

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Unda viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiya raislari, viloyat sektor rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, viloyat sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masala “Viloyat hokimining 2020 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari bo’yicha hisoboti, shuningdek kelgusi yilning istiqbolli rejalariga bag’ishlangan “Xalqqa murojaati” yuzasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning ma'ruzasi tinglandi.  

Ma'ruzachi o’z so’zi avvalida viloyatda joriy yilning o’tgan davri mobaynida deyarli barcha sohalarda iqtisodiy o’sishga erishilganligi, viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 101,4 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 100,4 foizga, xizmatlar ko’rsatish hajmi 103,1 foizga, qurilish ishlari 100,4 foizga o’sganligini aytib o’tdi.

Ma'ruzachi mamlakatimizda inqirozga qarshi kurashish bo’yicha o’z vaqtida qabul qilingan Farmon va qarorlar pandemiya davrida aholini kuchli ijtimoiy himoyasini ta'minlash bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashda muhim omil bo’lganligini aytib o’tdi. Jumladan, mazkur farmon va qarorlar bilan viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan 20 mingdan ortiq tadbirkorlarga qariyb 400 mlrd.so’m soliq imtiyozlari berildi. 7,2 mingta tadbirkorlarning 1,3 trln. so’m kredit qarzdorligi 6 oy muddatga uzaytirildi.

Mamlakatimizda bo’lgani kabi, viloyatimizda ham biznes muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi, dedi viloyat rahbari o’z ma'ruzasi davomida.   

Tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularning faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida viloyat markazida va har bir shahar-tumanda “Tadbirkorlar uylari” tashkil etilib, bevosita kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga mas'ul bo’lgan tuzilmalar bir joyga jamlandi.

Oktyabr-noyabr oyining o’zida tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan jami 1975 ta murojaat kelib tushgan bo’lsa, ulardan 1172 tasi ya'ni 59 foizi ijobiy hal etildi, 506 tasi ya'ni 26 foizi tushuntirish ishlari orqali hal etildi, 297 tasi ya'ni 15 foizi tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan o’rganilmoqda.

Investtsiya iqtisodiyotning asosiy negiziga aylanib bormoqda, dedi viloyat rahbari o’z so’zida. Shundan kelib chiqqan holda, investitsiya dasturiga muvofiq 2020 yilda qiymati 7,0 trln.so’m bo’lgan 737 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 20 050 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, yanvar-noyabr oylarida 4.1 trln. so’mlik 552 ta loyihalar foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalar doirasida 11997 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. 

Shuningdek ma'ruzachi kichik biznesni rivojlantirish, qurilish yo’nalishi, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni turmush tarzini yaxshilash kabi ijtimoiy hayotning barcha yo’nalishlarida olib borilgan ishlarni misollar asosida tahlil qilib berdi.  

Bundan tashqari viloyat hokimi Xayrullo Bozarov 2021 yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib boriladigan amaliy ishlarning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha “Xalqqa murojaati”ni o’qib eshittirdi.

Murojaatda iqtisodiy o’sishga erishishning asosiy va ustuvor yo’nalishi etib, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish, har bir ijro organlarini tadbirkorlarga ko’makchiga aylantirish orqali 2021 yilda yangi tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etish, ularning safini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Shuningdek, Murojaatda sanoat va tarmoq klasterlarini rivojlantirish, bugungi kunda kam quvvatda, eski, iqtisodiy samarasiz ishlab kelayotgan sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish orqali to’liq quvvat bilan ishlashini ta'minlash, qurilish sohasini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi ishlarni tubdan isloh qilish, turizm va sportni rivojlantirish yo’nalishida yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish, ijtimoiy sohani yuksaltirish, viloyat aholisini ijtimoiy himoyalash, IT sohasini rivojlantirish borasida har bir hududda IT park o’quv markazlarini tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini izchil davom ettirish, bundan tashqari, kelgusi yilda viloyatda xalqaro va mamlakat miqyosida adabiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o’tkazish kabi ustuvor vazifalar belgilab olingan.

Sessiyada ko’rilgan masala yuzasidan viloyat “Hunarmandlar” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, viloyat “Skrining” markazi rahbari Manzuraxon Salimova, viloyat Yoshlar Ittifoqi raisi Risolatxon Mamajonovalar so’zga chiqishib, o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Sessiya yakunida ko’rilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Farg’ona viloyati hokimligi